Kontent qismiga oʻtish

Fitotsenoz

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Oʻsimliklar jamoasidan yoʻnaltirildi)

Fitotsenoz (fito… va senoz), oʻsimliklar jamoasi — nisbatan bir xil sharoitda bir-biriga moslashib, jamoa boʻlib yashaydigan oʻsimliklar majmui. Har bir fitenoz oʻziga xos tarkib va tuzilmaga ega. Flagi oʻsimliklar hayvonlar va tashqi muhit bilan oʻzaro bevosita bogʻlangan. Baʼzi fitenozlar inson taʼsirida yoki uning bevosita ishtirokida mavjud boʻladi (mas, agrofitotsenoz). Fitenozni tashkil qiluvchi oʻsimliklar oʻz hayot faoliyatida muhitga katta taʼsir koʻrsatadi va uni oʻzgartira oladi. Har xil oʻsimlik guruxlarining fitenozdagi roli bir xil emas. Oʻsimliklar tashqi muhitdan oʻzi uchun zarur boʻlgan moddalarni oʻzlashtiradi (qarang Assimilyatsiya), tashqi muhitga esa moddalar almashinuvi mahsulotlarini chiqaradi (qarang Dissimilyatsiya), fitenoz tuprogʻi va uning sirtida oʻsimlik qoldiklari chirib, tuproq tarkibini oʻzgartiradi; oʻsimliklar va transpiratsiya taʼsirida oʻziga xos fitoiqlim hosil qiladi. Fitenoz biotsenoz va biogeotsenoznint eng faol qismi hisoblanib, quyosh nuri energiyasi va atmosferadagi azotni oʻzlashtiradi; hayvonlar bilan birgalikda energiya oʻzgarishi va moddalarning aylanish jarayonlarida qatnashadi. fitenoz organik moddalarning asosiy yaratuvchisi boʻlib, geteroshrof organizmlar, shu jumladan, inson uchun oziq moddalar va energiya manbai hisoblanadi.

Fitenoz doimiy boʻlmasdan uning tarkibi va tashqi koʻrinishi yillar va yil fasllari davomida oʻzgarib boradi. Natijada bir xil turlar oʻrnini boshqalari egallaydi; bir fitenoz boshqasi bilan almashinadi, yaʼni suksessiya roʻy beradi. Fitenoz haqidagi taʼlimot fitotsenologiya deb ataladi.

Ф и т о ц е н о з. Сизга маълум бўлдики,фитоценоз ўсимликлар жамоаси билан бир нарса ҳисобланади ва қуйидагича таърифланади. “Ташқи муҳит билан доимий алоқада бўладиган, маълум бир ҳудутда учрайдиган ўсимликлар гуруҳи фитоценоз”- деб аталади. Фитоценозга ўрмон, ўтлоқ, чўл, саҳро, тоғ, яйлов,ботқоқ,тўқайдаги ўсимликлар жамоаси киради. Булар ҳам ўз навбатида кичик-кичик бўлакларга бўлинади. Мисол учун чўл фитоценози; қумли чўл, шувоқли чўл, гипсли чўл, шўрли чўллар фитоценозига бўлинади. V. N. Sukachev va P. D. Yaroshenkolarning taʼkidlashicha, qishloq xoʻjalik ekinlari, bugʻdoy, arpa, sholi, paxta ekiladigan erlar ham senozning bir turi, yaʼni agrofitotsenoz deb ataladi. Sababi bu maydonlar inson xoʻjalik faoliyati natijasida sunʼiy yaratilgan maydonlardir. Fitotsenoz oʻsimliklar qoplamining sifat jihatidan ajralib turuvchi qismidir. Fitotsenoz terminini Sukachev 1954 yilda fanga kiritgan. Fitotsenoz maʼlum sharoitdagi tuban va yuksak oʻsimliklar majmuasi boʻlib, ular doimiy ravishda bir biri bilan aloqada boʻladi. Bular hamma vaqt oʻziga xos muhit hosil qiladi. Fitotsenozda koʻplab turlar mavjud boʻlib, alohida turlarning har xil holatdagi (urugʻ, koʻchat, etilgan, qari, quriyotgan) individlar yigʻindisi s e n o p o p u l ya s i ya deyiladi. T. A. Rabotnov har bir fitotsenozdagi oʻsimlik turlarining yoshi, koʻrinishi, holatiga qarab quyidagicha ataydi. L a t e n t davri- urugʻ yoki sporaning tinim holida boʻlgan davri. V i r g i l davri-turning nihol holatda boʻlgan davri. Bu davrda urugʻ palla mavjud boʻladi. G e n e r a t i v davri -oʻsimliklar hayotida urugʻ yoki spora hosil qilish davri, S e n i l (qarilik)- oʻsimlikning generativ koʻpayish xususiyatini yoʻqotish davri. Bu oʻsimlik hayotining soʻnggi davri hisoblanadi. Har qanday fitotsenoz biotsenozning muhim bir qismi hisoblanadi. Geobotanika fani oʻsimliklarni ikki tomonlama oʻrganadi: birinchidan oʻsimliklarning tarkibiy qismiga kirgan oʻsimlik turlarini, ikkinchidan, oʻsimliklar jamoasini, qoplamini oʻrganadi. Shu nuqtai nazardan ikkita tushunchani anglash shart. 1. Oʻ s i m l i k l a r f l o r a s i. Oʻsimliklar florasi oʻsimlik turlarining qadimdan hosil boʻlgan guruhi. Bu maʼlum geografik joyga tegishli boʻlib, uning hozirgi tabiiy sharoiti oʻtmishi bilan bogʻliq, er yuzasidagi boshqa floralar bilan doimiy munosabatda boʻladi. Flora tushunchasi maʼlum hududdagi barcha oʻsimliklarning turlarini oʻz ichiga oladi. Qisqacha aytganda maʼlum bir joyda oʻsuvchi oʻsimlik turlarining yigʻindisi yoki roʻyxatini tushunamiz, Oʻzbekiston oʻsimliklarga boy oʻlka, olti jildlik „Oʻzbekiston florasi“ nomli yirik asarda koʻrsatilishicha mamlakatimizda 4148 turga mansub yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklar uchraydi. Respublikamizning boy xazinasi hisoblangan bu oʻsimliklar turi choʻl mintaqasidan tortib to yaylov mintaqasigacha keng tarqalgan. Oʻzbekistonning etuk botanik, geobotanik va sistematik olimi, akademik K. Z. Zokirov Zarafshon togʻining boshlanishidan uning quyi etagigacha boʻlgan erlardagi oʻsimliklar qoplamini uzoq yillar ilmiy yoʻnalishda oʻrganib, choʻldan yaylovgacha boʻlgan erlarda har xil oʻsimlik qoplamida 2600 ga yaqin tur uchrashini eʼtiborga olib toʻrtta; choʻl, adir, togʻ, yaylov mintaqalariga boʻlishni taklif etdi. Bu atamalarni butun Oʻzbekiston va Oʻrta Osiyo uchun qoʻllashni tavsiya qiladi. Biz hozirgi vaqtda qaysi region oʻsimliklar qoplamini oʻrgansak shu atamalarni keng qoʻllab kelamiz. Odatda mintaqalar maʼlum bir taksonomik birlikka asoslanadi. Yaʼni oʻsimliklar qoplamiga, jamoa tarqalgan tuproqqa, orografiyasiga hamda dengiz sathidan balandligiga eʼtibor beriladi. 2. Oʻ s i m l i k l a r j a m o a s i. Oʻsimliklar jamoasi deganda er yuzasining har xil ekologik sharoitida oʻsuvchi oʻsimliklar uyushmasini tushinamiz. Oʻsimliklar qoplami inson xoʻjalik faoliyati taʼsirida doimiy ravishda oʻzgarib turadi. Mehnat mahsuli sifatida sunʼiy jamoalarni insonlar tashkil etib turadi.