Kontent qismiga oʻtish

Oʻta yangi yulduzlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Oʻta Yangi Yulduzlardan yoʻnaltirildi)

Oʻta yangi yulduzlar —yorqinligi keskin oʻzgaruvchi (chaqnovchi) yulduzlar. Ularning chaqnashi portlash hisobiga yuz beradi. Portlash tufayli bunday yulduzlar ravshanligi bir necha kun davomida oʻnlab mln. marta ortadi. Portlash yuz bergandan keyin 2—3 hafta oʻtgach, yulduzlar oʻz ravshanligining maksimumiga erishganda ularning mutlaq yulduz kattaligi 11 dan to 19 gacha yetadi, soʻngra bir necha oy davomida yorqinligi 25—30-marta kamayadi. Chaqnash davomida Oʻta yangi yulduzlaryu. umumiy nurlanish energiyasi =1048— 104’ erg boʻladi. Fan nuqtai nazaridan yulduzlarning portlashi ular evolyutsiyasining oxirgi bosqichida vujudga keladigan muvozanatsizlikning oqibati deb qaraladi.

Galaktikada Oʻta yangi yulduzlaryu.ning chaqnashi bir necha yuz yilda 1—2-marta kuzatilishi mumkin. Astronomlar tomonidan Galaktikamizda ham bir necha Oʻta yangi yulduzlaryu.ning chaqnashi kuzatilgan. Bular ichida Savr yulduz turkumida 1054-yildan Xitoy astronomlari tomonidan kuzatilgan portlash eng quvvatli hisoblanadi. Bu yulduz bir necha kun davomida, hatto kunduzi ham koʻrinib turgan. 1572-yilda boshqa Oʻta yangi yulduzlaryu. daniyalik astronom Tixo Brage tomonidan Kassiopeya yulduz turkumida, 1604-yilda esa Kepler tomonidan Ilon Eltuvchi yulduz turkumida kuzatilgan.

Oʻta yangi yulduzlaryu. ravshanliklarining vaqt boʻyicha oʻzgarish tabiati va spektriga koʻra ikki turga boʻlinadi. Oʻta yangi yulduzlaryu.ning 1turi 2turiga nisbatan 5—10-marta ravshan boʻlib, ravshanlikning maksimumiga tez erishadi.