Kontent qismiga oʻtish

Oʻttiz yillik urush

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Oʻttiz Yillik Urushdan yoʻnaltirildi)

Oʻttiz yillik urush (1618-1648) — gabsburglar bloki (Papalik va Rech Pospolita tomonidan qoʻllab quvvatlangan Ispaniya va Avstriya gabsburglari, Germaniyaning katolik knyazlari) bilan gabsburglarga qarshi koalitsiya (Angliya, Gollandiya va Rossiya quvvatlab turgan german protestant knyazlari, Fransiya, Shvetsiya, Daniya) oʻrtasidagi urush. XVII asr boshiga kelib , diniy asosda boshlangan xalqaro mojaroga katolik va protestantlar o'rtasida muvozanatni saqlashga harakat qilgan ko'plab Yevropa davlatlari jalb qilindi.

Gabsburglar bloki katolitsizm tarafida, gabsburglarga qarshi koalitsiya esa (ayniqsa, urushning boshlanish paytida) protestantizm bayrogʻi ostida harakat qilgan. Bu urush bir necha davrlarga boʻlingan: Chexiya davri (1618—23) — gabsburglarga qarshi Chexiya qoʻzgʻoloni (1618—20) va chexlarning Belaya Gora yaqinida magʻlubiyatga uchrashi (1620);Daniya davri (1625—29) da gabsburglar bloki qoʻshinlari (qoʻmondonlari A. Vallenshteyn, I. Tilli) Daniyani yengib, Germaniya hududidan daniyaliklarni quvib chiqargan; Shvyesiya davri (1630—35) da shved armiyasi (qoʻmondoni Gustav II Adolf) Germaniyaga bosib kirib, Breytenfeld (1631), Lyutsen (1632) yonida gʻalaba qilgan, ammo Nyordlingan (1634) yaqinida magʻlubiyatga uchragan; FransiyaShvetsiya davri (1635—48)da Fransiya urushga kirishi bilan gabsburglarga qarshi koalitsiyaning ustunligi yaqqol koʻrindi. Natijada gabsburglarning "jahonshumul imperiya" tuzish va milliy davlatlarni boʻysundirish haqidagi rejalari barbod boʻldi, siyosiy hukmronlik Fransiya qoʻliga oʻtdi. 1648-yil Vestfaliya sulhi bilan tugagan.