Kontent qismiga oʻtish

Oʻzbek kirill alifbosi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Oʻzbek kirill yozuvidan yoʻnaltirildi)

O‘zbek-kirill alifbosi — 1940-yilda tasdiqlangan va undan O‘zbekistonda bugun ham foydalanilmoqda. 1993-yilning 2-sentyabrida o‘zbek-lotin yozuvi tasdiqlandi, ammo hamon kirillitsa o‘z o‘rnini saqlab qolmoqda.

1940-yilning 8-mayida O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining III sessiyasida kirilllitsa grafikasiga asoslangan o‘zbek alifbosi tasdiqlandi. U quyidagi 35 harf va 1 apostrofdan iborat edi.

А а Б б В в Г г Д д Е е Ё ё Ж ж
З з И и Й й К к Л л М м Н н О о
П п Р р С с Т т У у Ф ф Х х Ц ц
Ч ч Ш ш Ъ ъ Ь ь Э э Ю ю Я

я

Ў

ў

Ғ

ғ

Қ

қ

Ҳ

ҳ

'

Ushbu alifboni to‘liq joriy etishning so‘nggi muddati 1942-yilning 1-yanvari etib belgilandi. Ushbu alifbodan rus-kirill alifbosidagi Ыы va Щщ harflari o‘rin olmadi. Shuningdek, o‘zbek tilining milliy tovushlari hisoblanuvchi dj va ng tovushlari uchun ham alohida harflar kiritilmadi. 1956-yili o‘zbek tilining imlo qoidalari tasdiqlandi va alifbodagi '(apostrof) belgisi chiqarib tashlandi. Uning vazifasi ъ(ayirish belgisi)ga o‘tkazildi. Mamlakatimizda mazkur kirillcha alifbo va imlodan bugungi kunda ham foydalanilmoqda.