Kontent qismiga oʻtish

Oʻzbekiston ftiziatriya va pulmonologiya instituti

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy tadqiqot institutiftiziatriya va pulmonologiya sohasida respublikada ilmiy, uslubiy muvofiqlashtiruvchi va konsultativ markaz. 1932-yil Samarqandda Sil ilmiy tekshirish instituti nomi bilan tashkil etilgan. 1936-yil Toshkentga koʻchirilgan. 1977-yil institutga Sh.A.Llimov nomi berilgan. 1989-yildan hozirgi nomda.

Institut sil epidemiologiyasi va oddini olishni hamda nafas aʼzolarining sil bilan bogʻliq boʻlmagan kasalliklarini tadqiq etadi; aholiga ftiziatriya va pulmonologiya yordami koʻrsatishning tashkiliy shakllarini takomillashtiradi; sil hamda bronxlar va oʻpkaning oʻziga xos xastaliklari diagnostikasi, differensial diagnoz va silni xirurgik yoʻl bilan davolash usullarini ishlab chiqadi. Respublika tibbiyot institutlaridagi sil va pulmonologiya kafedralari faoliyatini hamda silga qarshi dispanserlar ishini nazorat etadi va ularga metodik jihatdan rahbarlik qiladi. Institutda birinchi marta bemorlar salomatligini mehnatga va kasbga yaroqli qilib tiklashning ilmiy asoslari ishlab chiqildi.

Institutda 4 ilmiy boʻlim (sil terapiyasi va epidemiologiyasi, sil xirurgiyasi, pulmonologiya, diagnostik laboratoriya), 4 laboratoriya va 500 oʻrinli klinika bor, unda oʻpka va oʻpkadan tashqari aʼzolar (plevra, suyak hamda boʻgʻimlar, siydiktanosil aʼzolari, shuningdek, limfa tugunlari va miya qobiqlari) sili hamda oʻpkaning oʻziga xos kasalliklari (bronxial astma, oʻpkaning surunkali obstruktiv kasalligi, pnevmoniya, fibrozlovchi alveolit va boshqalar) bilan ogʻrigan bemorlar davolanadilar; klinika 11 ta boʻlimdan iborat. institut dorilarni, xususan, Yevropaning yetakchi farmatsevtik firmalarida ishlab chiqarilgan preparatlarni klinik tadqiqotdan oʻtkazish markazi ham hisoblanadi. Shuningdek, ilmiy tibbiy axborot, tashkiliymetodik boʻlimlari, kutubxona, vivariy, muzey va boshqalar bor (2005). Institutda Toshkent tibbiyot akademiyasi va Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining ftiziatriya kafedr&tari hamda Respublika Sogʻliqni saqlash vazirligining bevosita kuzatuv ostidagi qisqa kursli kimyoterapiya markazi faoliyat koʻrsatadi. institut va klinikada 410 xodim, jumladan, 9 fan doktori, 27 fan nomzodi, 1 akad., 1 Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi va boshqalar xizmat qiladi. institut faoliyati Sh.A.Alimov, A.A.Kalonxoʻjayev, R.A. Aʼzamov, T.M.Qoriyev, A.M.Ubaydullayev kabi olimlar nomlari bilan bogʻliq. Institutda ftiziatriya va pulmonologiya boʻyicha aspirantura, doktorantura va klinik ordinatura mavjud. institut ilmiy toʻplam, monografiya va metodik qoʻllanmalar nashr etadi.[1]