Kontent qismiga oʻtish

Oʻlchamsiz kattaliklar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(O‘lchamsiz kattaliklardan yoʻnaltirildi)

Oʻlchamsiz kattaliklar — ikkita bir xil kattaliklarning nisbati. Ikki kattalikni qiyoslash uchun ishlatiladi. Mas, f. i. k. (foydali ish koeffitsiyenti) biron bir tizim (mas, mashina, sistema) oʻzi sarf etgan energiyaning qanday qismini foydali ishga yoki energiyaga aylantira olishini, muhitning sindirish koʻrsatkichi esa yorugʻlik nurining shu muhitda vakuumdagi harakatiga nisbatan necha marta kichik tezlik bilan harakat etishini koʻrsatadi va hokazo. Ishqalanish koeffitsiyenti, nisbiy uzayish, nisbiy namlik, Reynolds soni, yorugʻlikni qaytarish, oʻtkazish va yutish koeffitsiyentlari va boshqalar baʼzi kattaliklar Oʻlchamsiz kattaliklar jumlasiga kiradi.