Oʻngoʻn
Qiyofa
(O‘ngo‘ndan yoʻnaltirildi)
Oʻngoʻn, oʻngʻoʻn, uygʻun, ongon — totem. Qadimda turkiy-moʻgʻul xalqlari nazarida qabilaga asos boʻlgan va muqaddas hisoblangan hayvon yoki oʻsimlik. Masalan, oʻgʻuzlarda islomiyat davrida ham totemizm qoldiqlari saqlangan. Har bir urugʻ bironbir qushni oʻzi uchun muqaddas sanagan, urugʻ aʼzolari bu qushga tegishmagan, uning goʻshtini yeyishmagan. Bunday totemni ifodalash uchun Oʻngoʻn atamasi qoʻllangan. Bundan tashqari, umumiy ziyofatlar paytida muayyan urugʻ goʻshtning qaysi qismini olish huquqiga egaligi ham belgilab qoʻyilgan. Oʻngoʻnlar va goʻsht qismlari Oʻgʻuzxon farzandlari soniga koʻra, 6 xil qilib farqlangan (yana qarang Tamgʻa).
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |