Kontent qismiga oʻtish

Oʻrik tunlami

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(O‘rik Tunlamidan yoʻnaltirildi)

Oʻrik tunlami — oʻrik daraxti zararkunandasi. Baʼzan behini ham zararlaydi. Oʻrta Osiyoda, ayniqsa, Fargʻona vodiysi va Tojikistonning ayrim tumanlarida tarqalgan. Bargi, guli va mevalariga zarar yetkazadi. Oʻrik tunlami qanotlari sariqpushti, orqa qanotlari oqimtir, keng hoshiya va unga parallel koʻkimtir yoʻlchasi bor. Tuxumi sharsimon, 1 mm, qurti yashil, 2,5 sm. Gʻumbagi 13–14 mm, qoʻngʻir, pillaga oʻralgan. Oʻrik tunlami tuxumlik bosqichida qishlaydi. Qurtlari koʻklamda barglar yozilishidan sal oldin paydo boʻladi, asosan, tunda oziqlanadi. Bir oydan keyin rivojlanishni tugallab, yerga tushadi. Xazonlar tagida yoki tuproq yuza qavatida pilla oʻraydi va 2—3 hafta oʻtgach, voyaga yetgan kapalaklar uchib chiqadi. Ayrim qurtlari devor yoriqlari, daraxtlarning eski poʻstloqlari yoriqlarida uchraydi. 300—400 tagacha tuxum qoʻyadi, tuxumi lentasimon, yilda bir marta avlod beradi.

Kurash choralari: gullashdan oldin va gullashdan keyin daraxtlarga insektitsidlar (fozalon, zolon, sitrofosning 0,2—0,3% li eritmasi) bilan ishlov beriladi.