Kontent qismiga oʻtish

Oʻrmonovchilik xoʻjaligi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(O‘rmonovchilik Xo‘jaligidan yoʻnaltirildi)

Oʻrmonovchilik xoʻjaligi — oʻrmondan ovchilik maqsadlarida foydalanadigan xoʻjalik. Oʻrmondagi yovvoyi hayvonlarni saqlab qolish, ularni koʻpaytirish bilan ham shugʻullanadi. Oʻrmondan ovchilik maqsadlarida foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻrmon toʻgʻrisida"gi qonuni (1999-yil 15-aprel) bilan tartibga solinadi (28-modda). Oʻrmondan foydalanish va oʻrmon xoʻjaligining turli tadbirlari yovvoyi hayvonlarning hayot kechirishi uchun kerak boʻlgan qulay sharoitni saqlashni hisobga olgan holda amalga oshirilishi lozim. Shu bilan bir qatorda oʻrmondagi hayvonlar soni oʻrmonzorlar uchun mos keladigan zichlikka amal qilingan hodda, yaʼni hayvonlar oʻrmon va qishloq xoʻjaligiga zarar yetkazmaydigan miqdorda boʻlishi kerak. Oʻrmonlar ovchilik xoʻjaliklariga birkitilib qoʻyilishi mumkin, shuningdek, ularga oʻrmon xoʻjaligini olib borish vazifasini ham yuklatiladi. Hamma oʻrmonlarda (qoʻriqxonalardan tashqari) ovchilik maydonlari (10 yildan kam boʻlmagan muddatga) ajratilishi mumkin. Hozirgi Oʻzbekistonda 5 ta davlat oʻrmonovchilik va ovchilik xoʻjaliklari boʻlib, bu xoʻjaliklarga 2,5 mln.ga yer ajratilgan.