Oʻsma
Qiyofa
(O‘smadan yoʻnaltirildi)
Oʻsma— karamguldoshlarga mansub koʻkimtir, tuksiz ikki yillik oʻt. Vohalarda madaniy va yovvoyi holda uchraydi. Ilgari Gʻarbiy Yevropada nil boʻyogʻi olish uchun ekilgan. Birinchi yili toʻpbarg hosil qiladi. Ikkinchi yili toʻpbarg boʻyi 25—100 sm boʻlgan poya chiqaradi, shoxlaydi.
Barglari choʻziq nashtarsimon, poyadagilari bandsiz, cheti tekis, poyani oʻragan, roʻvaksimon toʻpgul hosil qiladi. Aprel, sentabr oylarida gullab, mevalaydi. Gullari sariq. Mevasi ingichka, choʻziq chatnamaydigan qoʻzoqcha. Oʻsma bargining shirasida nil boʻyogʻi bor. Qadimdan oʻzbek xonadonlarida ayollar qosh, koʻzlariga qoʻyish uchun hovlilarda oʻstiriladi.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |