Kontent qismiga oʻtish

Boa

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Oddiy bo‘g‘ma ilondan yoʻnaltirildi)
Boa
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar
Binar nomi
Constrictor constrictor

Boa, oddiy boʻgʻma ilon (Constrictor constrictor) — boʻgʻma ilonlar oilasiga mansub ilon. Uzunligi 2—5,5 m. Terisining rangi chiroyli naqshindor yaraqlagan. Amerikaning asosan tropik oʻrmonlari, togʻli hududlarida (imperator boʻgʻma iloni — Boa imperator kenja turi) va quruq ochiq landshaftlarida (argentina boʻgʻma iloni — Boa occidentalis kenja turi) tarqalgan. Koʻpincha yerda, dare va soylar qirgʻogʻida, daraxtlarda yashaydi. Odamlar yashaydigan joylar yaqinida ham uchraydi. Kemiruvchilar, kaltakesaklar va qushlar bilan oziqlanadi. Asosan kechasi ovga chiqadi. Urgʻochisi 3 tadan 64 tagacha bolalaydi. Yosh B. koʻlga oʻrganadi, tutqinlikda 10 va undan koʻproq yil yashaydi. B. terisi juda yuqori baholanadi, undan koʻnteri sanoatida foydalaniladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil