Yukagir tili
Qiyofa
(Odul tilidan yoʻnaltirildi)
Yukagir tili, odul tili — yukagir-chuvan tillari oilasidan saqlanib qolgan yagona amorf til; RFda Kolima va Alazeya daryolari havzasida (Saxa Respublikasining shim.sharqi va qisman Magadan viloyatida) tarqalgan. Oʻtgan asr oxirlaridagi maʼlumotlarga koʻra, yukagirlar soni 1100 dan ortiq boʻlsada, Yukagir tilida soʻzlashuvchilarning umumiy soni 300 kishidan ortmaydi. Uning tundra va kolima lahjalari saqlanib qolgan boʻlib, ular bir qator fonetik, morfologik va leksik belgilari boʻyicha oʻzaro farqlanadi. Yukagir tilini paleoosiyo tillari guruhiga qoʻshish mumkinligi haqidagi fikr nisbiydir. Shuningdek, uning ural tillari, qolaversa, oltoy tillari bilan ham genetik aloqalari bor deb taxmin qilinadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |