Kontent qismiga oʻtish

Ofoqxoʻja

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Ofoqxo'jadan yoʻnaltirildi)

Ofoqxoʻja (1625, Kumul, Sharqiy Turkiston – 1695, Qoʻqon qishlogʻi, Kashqar viloyati) – islom va tasavvuf ilmining yirik targʻibotchilaridan biri va Yorkend xonligida taxtga oʻtirgan xoʻjalarning dastlabkisi; Turkiston tasavvuf ilmining rahnamolaridan Mahdumi Aʼzamning avlodi. Ofoqxoʻjaning ismi Hidoyatullo boʻlib, u xalq orasida hurmat belgisi boʻlgan „Ofoq“ („Yorugʻ dunyo“ yoki „Yorugʻlik egasi“) – xuja nomi bilan mashhurdir. Ofoqxoʻja yoshligida otasi Muhammad Yusuf ibn Eshon Kalon bilan turli shaharlarda yurib bilim va tarbiya olgan. 1638-yilda Kash-qarga kelib, otasi vafotidan soʻng bu yerdagi oqtogʻlik xujalarga bosh bulgan. 1670-yilda Yorkend xonligida yuz bergan ichki kurashlar natijasida Ofoqxoʻja Qashqarni tark etib Turkiston shaharlarida, qalmoqlar (oyrotlar) orasida va Xeshi yulagidagi (Xesi-szoulan) viloyatlarda diniy targʻibot ishlari bilan shugʻullangan. 1678-yilda Tibetda 2 yilga yaqin yashagan va bu yerdagi budda dini vakillari bilan yaqin aloqada boʻlgan. 1680-yil Tibet zodagonlari yordamida oyrotlar xoni bilan tanishgan. 1681-yilda qalmoklar tomonidan Yorkend xonligi taxtiga oʻtqazilgan. Uning jasadi Yogʻdu deb nomlangan joydagi ota-buvalari qabri yoniga dafn etilgan. Shundan boshlab ushbu qabriston „Ofoqxoʻja mozori“ deb nomlanib, ziyorat maskaniga aylangan.

Abdulahad Xoʻjayev.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil