Kontent qismiga oʻtish

Ogʻirlik kuchi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Og`irlik kuchidan yoʻnaltirildi)

Ogʻirlik kuchi - Yer sirti yaqinidagi istalgan moddiy zarraga taʼsir etuvchi kuch. Ogʻirlik kuchi Yer aylanishidan vujudga keladigan markazdan qochma kuch bilan Yer tortish kuchining teng taʼsir etuvchisiga teng. Markazdan qochma kuch Yer ekvatorida eng katta qiymatga ega boʻlib, Ogʻirlik kuchining 1/288 qismiga teng. Shu tufayli, Yer sirtidagi Ogʻirlik kuchi Yerning shakli va oʻlchamiga, joyning geografik kengligiga bogʻliq. Ogʻirlik kuchining yoʻnalishi Yer sirtidagi joyning vertikali hisoblanadi. Biror kichik maydondagi (yaʼni Yer sirtining bir necha km² dagi) Ogʻirlik kuchi yoʻnalishlarini oʻzaro parallel desa boʻladi; demak, Yer sirtiga tik yoʻnalgan va mg ga teng boʻlgan Ogʻirlik kuchi bir jinsli kuch maydonini hosil qiladi (t — Yerga tortilayotgan zarra massasi, g — Ogʻirlik kuchi tezlanishi).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil