Kontent qismiga oʻtish

Ogʻiz suti

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Og`iz sutidan yoʻnaltirildi)

Ogʻiz suti — homiladorlikning soʻnggi haftalarida va tuqqandan keyingi dastlabki 2—3 kunda sut bezlarida ishlanib chiqadigan sut. Ogʻiz suti oddiy (yetilgan) sutdan yuksak darajada toʻyimliligi va yengil hazm boʻlishiʻ, oqsil, tuzlari koʻpligi va qandi kamligi bilan farq qiladi. Ogʻiz sutidagi yog va tuzlar tar-kibi yangi tugʻilgan bola organizmidagi yogʻ va tuzlar tarkibiga oʻxshaydi. Ogʻiz suti vitaminlarga boy, unda antitelolar ham koʻp. Bola yangi hayot sharoitiga moslashgan sari Ogʻiz sutining tarkibi oddiy sutnikiga oʻxshab boradi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil