Kontent qismiga oʻtish

Oklaxoma-siti

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Oklaxoma-Sitidan yoʻnaltirildi)

Oklaxoma-siti - AQShning jan. qismidagi shahar. Oklaxoma shtatining maʼmuriy markazi. Axrlisi 506,1 ming kishi (2000), shahar atrofi bilan 1 mln. Transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Qishloq xoʻjaligi rayonining savdo-moliya markazi. Aviatsiya, avtomobilsozlik, radioelektronika (jumladan, EHM va aloqa vositalari ishlab chiqarish) sanoatlari rivojlangan. Metallsozlik, neft sanoati uchun jihozlar, kimyo, neftni qayta ishlash, oziq-ovqat, poligrafiya sanoati korxonalari, universitet bor.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil