Kontent qismiga oʻtish

Olma kislota

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Oksikahrabo kislotadan yoʻnaltirildi)

Olma kislota, oksikahrabo kislota, NOOS—SN(ON) — SN2SOON — rangsiz, ignasimon kristall modda. Mol. m. 134,09. Shved kimyogari K. Sheyele 1785-yilda xom olmadan ajratib olgan. Olma kislota juda muhim 2 asosli oksikarbon kislotadir (qarang Oksikislotalar). 2 ta optik faol izomer hosil qiladi; ratsemat (optik nofaol, kaynash temperaturasi 130°)shakli ham mavjud. Suv va spirtda yaxshi eriydi, kaynash temperaturasi 100°. Tabiatda L - olma kislota uchraydi. U ravoch, vino, xom olma, uzum, zirk va tamakida boʻladi. Olma kislota tibbiyotda surgilar va boʻgʻilishga qarshi preparatlar tayyorlashda ishlatiladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil