Kontent qismiga oʻtish

Oksikislotalar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Oksikarbon kislotalardan yoʻnaltirildi)

Oksikislotalar, oksikarbon kislotalar — tarkibida ham karboksil (—COOH), ham gidroksil (— OH) guruhi boʻlgan organik birikmalar. Oʻsimliklar olamida koʻp tarqalgan. Kupchiligining optik izomerlari bor. Tarkibida 1 ta karboksil va 1 ta gidroksil guruhi bulgan oksikislota O.ning eng oddiysi hisoblanadi. Gidroksil guruhining karboksil guruh birikkan ugleroddan kancha uzoklikdagi uglerod bilan birikkanligiga qarab a-, r-, u va 5-O. farqlanadi. O.ning soddalari qovushoq suyuqliklar yoki kristall moddalar boʻlib, suvda yaxshi eriydi. O. spirt va kislotalarning umumiy xossalarini namoyon qiladi. O.ning yana oʻziga xos boshqa xossalari ham bor. u va 5-O. ichki efirlar — laktonlar xreil qiladi. O. usimlik va hayvon organizmlarida (mas, sut, olma, limon kislotalar) uchraydi. Aromatik O. dori va azoboʻyagichlar ishlab chiqarishda qoʻllanadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil