Oktan soni
Qiyofa
(Oktan Sonidan yoʻnaltirildi)
Oktan soni — karbyuratorli yoki injektor ichki yonuv dvigateli yonilğilarining detonatsiyaga turğunligini ifodalaydigan koʻrsatkich. Yonilğining Oktan soni etalon yonilği aralashmasiga taqqoslab aniqlanadi. Etalon yonilgi sifatida izooktan (2, 2, 4-uch metilpentan) va geptan aralashmasi qabul qilingan. Izooktanning detonatsiyaga turgʻunligi 100, normal geptanniki nol deb olingan. Etalon yonilgʻi aralashmasidagi izooktanning foizlardagi miqdori sinaladigan yonilgʻining Oktan sonini belgilaydi. Yonilgining Oktan soni qancha katta boʻlsa, detonatsiyaga moyilligi shuncha kichik boʻladi. Avtomobillarda Oktan soni 66—98 ga teng benzin, siqish darajasi yuqori boʻlgan dvigatellarda Oktan soni yuqori benzinlar ishlatiladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |