Kontent qismiga oʻtish

Honoré de Balzac

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Onore de Balzakdan yoʻnaltirildi)
Honoré de Balzac

Honoré de Balzac 1842-yilgi dagerrotip fotosuratda
Tavalludi 20-may 1799-yil
Vafoti 18-avgust 1850-yil(1850-08-18)
(51 yoshda)
Ijod qilgan tillari Fransuz tili[1]
Fuqaroligi Fransiya
Yoʻnalish Nasr va drama
Janr Realizm

Honoré de Balzac (talaffuzi: Onore de Balzak) (20-may, 1799 — 18-august, 1850) farang yozuvchisi va dramaturgi. Balzac jahondagi eng buyuk yozuvchilardan biridir[2]. Honoré de Balzac bir qancha roman, hikoya, drama va insho yozgan. Uning eng mashhur asarlaridan biri „La comédie humaine“ (1842—1848) („Inson komediyasi“) deb nomlanuvchi 90 ga yaqin roman toʻplamidir. Bu romalarda Honoré de Balzac farang jamiyatini batafsil tasvirlab bergan.

Balzacning ijodiy merosi janr jihatidan ulkan va xilma-xil: romanlar, povestlar, dramalardan iborat. Balzacning koʻpgina romanlari va povestlari umumiy gʻoya asosida birlashtirilgan va „Inson komediyasi“ deb nomlangan koʻp jildli epopeyani tashkil etadi. Unda Balzac oʻz zamonasidagi fransuz jamiyatining haqqoniy, yorqin manzarasini yaratgan. „Inson komediyasi“ni muallif 3 qismga boʻlgan: „Odatlar haqidagi etudlar“, „Falsafiy etudlar“, „Analitik etudlar“. Oʻylangan 143 ta asardan 97 tasi yozilgan. Eng katta qismi „Odatlar haqidagi etudlar“dir, unga 72 ta roman kirgan boʻlib, bular orasida — „Gobsek“ (1830), „Yevgeniya Grande“ (1833), „Gorio ota“ (1834), „Yoʻqotilgan orzular“ (183-1843) kabi asarlar bor.

Balzac ijodida fransuz realizmi oʻzining yuksak pogʻonasiga koʻtarildi. „Inson komediyasi“ epopeyasi 19-asrning 1-yarmidagi fransuz jamiyatining realistik manzaralarini keng qamrovda aks ettirganligi, voqealarga, dalillarga boyligi, turli toifadagi kishilar dramasi yaratilganligi, yorqin obrazlari va personajlari bilan katta taassurot qoldiradi. Epopeya asarlari bir-biri bilan bogʻlangan, qahramonlar taqdiri tutash. Sudxoʻr Gobsek, kommersant Grande, bankir Nusingen, ziyoli Rastinyak kabi obrazlar asardan asarga oʻta boradi. Balzacning „Inson komediyasi“ epopeyasi zamondoshlarining yuksak bahosiga sazovor boʻlgan. Balzacning „Yevgeniya Grande“, „Gorio ota“, „Gobsek“, „Sagʻri teri tilsimi“ asarlari S. Muhammadjonov, M. Mirzoidov, M. Maxmudov va boshqalar tarjimasida turli yillarda oʻzbek tilida nashr etilgan.

  1. (unspecified title)
  2. "Honoré de Balzac". Microsoft® Student 2009 [DVD]. Redmond, Vashongton: Microsoft Corporation. 2008.