Kontent qismiga oʻtish

Ilon eltuvchi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Ophiuchus (yulduz turkumi)dan yoʻnaltirildi)

Ilon eltuvchi (lotincha Ophiuchus) — ekvatorning ikki tomonida joylashgan katta yulduzlar turkumi. Belgisi Oph. Ilon yulduzlar turkumini kesib oʻtgani va Yerdan qaraganda goʻyo uni koʻtarib ketayotgandek koʻringani uchun shunday ataladi. Ilon, Gerkules, Burgut, Qavs va Aqrab yulduz turkumlari oralarida joylashgan. Eng yorugʻ yulduzi 2kattalikda. Yoz paytlarida yaxshi koʻrinadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil