Kontent qismiga oʻtish

Optik giroskop

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Optik Giroskopdan yoʻnaltirildi)

Optik giroskop - jismning aylanayotganligini bilishga va uning burchak tezligini aniqlashga imkon beradigan asbob. Ishi lazer nurlarining giroskopiklik xossalariga asoslanadi (qarang Giroskop). O. g.ning datchigi (qarang Datchik) vazifasini xalqasimon lazer oʻtaydi. U umumiy yoruglik kanali boʻyicha tor monoxromatik yorugʻlik dastalari tarzida tarqalib, bir-biriga roʻpara harakatlanayotgan ikki yorugʻlik toʻlqinlarini generatsiyalaydi (hosil qiladi). Halqasimon lazerning rezonatori bitta umumiy qattiq asosga biriktirilgan 3 ta (yoki koʻproq) koʻzgudan iborat. Bu koʻzgular berk sistemani hosil qiladi. Yorugʻlik dastalarining shu koʻzgulardan oʻtishi farqi boʻyicha giroskopiklik xossalari namoyon boʻladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil