Kontent qismiga oʻtish

Belila

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Oq bo‘yoqdan yoʻnaltirildi)

Belila (rus), oq boʻyoq — barcha turdagi boʻyoqlar va emallarga koʻshiladigan, rezina, plastmassa, qogʻozni boʻyash uchun moʻljallangan oq pigmentlarning umumiy nomi. Oltingugurtli, ruxli, surmali, titanli, qoʻrgʻoshinli Belilalar boʻladi.Oltingugurtli belila (litopan, oq boʻyoq) — pyx sulfid (ZnS) bilan bariy sulfat BaSO4apanammasi; kucheiz kislotalar va ishqorlar taʼsiriga chidamli; yorugʻlik, havo, nam taʼsiriga chidamsiz. Rezina, plastmassa, metallni boʻya shla ishlatiladi. Ruxli belila (ruxli oq boʻyoq) — tarkibi ZnO. Havo, nam, yorugʻlik taʼsiriga chidamsiz. Ichki sirtlarni boʻyashda ishlatiladi. Surmali B. (surmali oq boʻeq) — tarkibi Sb2O3; havo, nam, yorugʻlik taʼsiriga chidamli, ammo zaharli. Shu tufayli juda kam ishlatiladi. Titanli belila (titanli oq boʻeq) — tarkibi TiO2; suv, kislota va ishqorda erimaydi. Tashqi va ichki sirtlarni boʻyashda ishlatiladi. Qoʻrgʻoshinli B. (qoʻrgʻoshinli oq boʻyoq) — tarkibida qoʻrgʻoshin gidroksid — karbonat 2RSO3 R (ON)2 boʻladi. Maxsus sirtlarni boʻyashda ishlatiladi. Yuqorida aytib oʻtilgan belilalar ichida ruxli va titanli belilalar koʻp ishlatiladi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil