Kontent qismiga oʻtish

Yovshan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Oq joʻsandan yoʻnaltirildi)

Yovshan, oq joʻsan (Artemisia diffusa N. Krasch) — qoqidoshlar (murakkabguldoshlar) oilasiga mansub sershox oʻt yoki chala buta. Boʻyi 25—45 sm, qalin tuklar bilan qoplangan. Bargi ipsimon boʻlaklarga boʻlingan. Toʻpguli roʻvaksimon savatcha. Gullari mayda, sariq, ikki jinsli. Choʻllarda, baʼzan adirlarda oʻsadi. Fevralning 2 yarmidan barg chiqaradi, iyul va avgustda oʻsishdan toʻxtab, barglari toʻkiladi. Sentyabrda yana koʻkarib gullaydi, noyabrda urugʻi pishadi va sovuq urguncha yashil barglari saqlanib turadi. Oʻtloqlarda asosiy oziqbop oʻsimlik hisoblanadi. Bir yillik novdalari tarkibida oqsil, yogʻ, kletchatka, 43,1% azotsiz ekstrakt moddalar, umuman, yer usti qismida 0,81—1,25% efir moyi bor. Yovshanni mollar qishda va bahorda xush koʻrib yeydi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil