Kontent qismiga oʻtish

Bahrin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Oq yuz lochindan yoʻnaltirildi)

Bahrin (Barin) – oʻzbek xalqi tarkibiga kirgan qabilalardan birining nomi. Bahrin (lochin), tundra lochini, oq yuz lochin (Falco peregrinus leuco-genys) – lochinlar kenja turidan biri maʼnolarida. Bahrinlar moʻgʻullar istilosi davrida Dashti Qipchoqqa kelib oʻrnashgan. Abulgʻoziy Bahodirxonning „Shajarai turk“ asaridagi maʼlumotlarga koʻra, moʻgʻul xoni Bichinkayonning Barin ismli oʻgʻli boʻlib, bahrinlar oʻshaning nayeli ekan. Etnograf V. V. Radlovni taʼkidlashicha, mangʻit sulolasiga mansub har bir boʻlajak Buxoro xonini toʻrt qabila – ming, alat (arlot), bahrin va batash vakillari kigizga oʻtqazishib, toʻrt uchidan baland kutarishgan. Bahrinlar xonlikning ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim rol oʻynaganlar, yuqori davlat mansablariga tayinlaiganlar. XVI–XVII asrlarda bahrinlarning katta bir qismi Dashti Qipchoqdan Toshkent vohasi, Fargʻona vodiysi, Buxoro xonligi hududiga kuchib oʻtgan, koʻpchiligi oʻtroqlashib, qabila va urugʻlarini unutib yuborishgan. Qashqadaryo viloyatida ham hozirgi kunda bahrinlar istiqomat qilmoqda. 1924-yil maʼlumotiga binoan, Oʻzbekistonda 9 mingga yaqin (Zarafshon vohasida – 2300 kishi, Buxoro viloyatida – 3770 kishi, Qamashi tumanida 3000 kishi, Jizzax tumanida – 2000 kishi) bahrin boʻlgan. Bahrinlar bir qancha urugʻlarga boʻlingan, eng yiriklari – bagonali, qoraqalpoq, uali.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil