Kontent qismiga oʻtish

Osetin tili

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Osetin Tilidan yoʻnaltirildi)

Osetin tilihind-yevropa tillari oilasining eroniy tillar guruhiga mansub, asosan Shimoliy Osetiya Alaniyada va Janubiy Osetiya muxtor viloyatida, shuningdek, Kabarda-Balkariyada tarqalgan til. 500 mingdan ortiq kishi soʻzlashadi. 2 asosiy lahjasi bor: adabiy tilga asos boʻlgan iron lahjasi va digor lahjasi. Digor lahjasi Shimoliy Osetiyaning gʻarbida, iron lahjasi esa Shimoliy Osetiyaning qolgan hududlarida va Janubiy Osetiyada qoʻllanadi.

Osetin tilining oʻziga xos tomoni shundaki, u ham qad. Yevropa tillari, ham Kavkaz tillari bilan uzoq yillar aloqada boʻlgan. Natijada boshqa eroniy tillardan farqli ravishda uning fonetikasida portlovchi boʻgʻiz undoshlari, morfo-logiyasida koʻp kelishikli agglyutina-tiv turlanish paydo boʻlgan.

Yozuvi 18-asr oxiridan mavjud. 1844-yilda akademik A. Shyogren kirillitsa asosida yozuv yaratgan edi. Osetin tili 1923—38 yillarda lotin grafikasidan foydalangan. 1938-yildan yozuvi rus grafikasi asosida; jan. osetinlar 1938—54 yillarda gruzin yozuvidan foydalanganlar.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil