Kontent qismiga oʻtish

Tanninli oʻsimliklar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Oshlovchi Moddali Oʻsimliklardan yoʻnaltirildi)

Tanninli oʻsimliklar, oshlovchi moddali oʻsimliklar — tarkibida sanoat miqyosida foydalanish uchun yetarli miqdorda oshlovchi moddalar (tannidlar) boʻlgan oʻsimliklar. Oshlovchi moddalar poʻstloq, barg, yogʻoch va mevalar, asosan, ildiz xujayralarining parenximali vakuolalarida toʻplanadi. Tarkibidagi tannin miqdoriga qarab yuqori tanninli (tarkibida tannidlar —20% dan koʻp); oʻrtacha tanninli (12—20% gacha), kam tanninli oʻsimliklar (12% dan kam boʻlgan) guruhlariga ajratiladi. T.oʻ. ning koʻpchiligi tropik mintakalarda, Janubiy Osiyo, Janubiy Amerika, Avstraliyada uchraydi. Oʻzbekistonda oshlovchi moddalarga boy boʻlgan usimliklar: eman, kashtan, qoraqaragʻay, tilogʻoch, otquloq, anor, rovoch, akatsiya, tol, tut, kermak (boʻyoqchoʻp) oʻsadi. T.oʻ. ning 1 gektar plantatsiyasidan 0,5 t gacha oshlovchi moddalar olish mumkin.