Osmon
Qiyofa
(Osmon gumbazidan yoʻnaltirildi)
Osmon koinot yoki atmosferaning biror sayyora sirtidan koʻrinuvchi qismidir. Osmon rangi atmosferadagi gazlarning yorugʻlikni yutish va sindirish xususiyatlariga bogʻliq boʻladi.
Osmon, osmon gumbazi — Yer ustida gumbaz shaklida koʻrinib turadigan fazo (samo, falak, koʻk). Osmon bulutsiz kunlari kunduzi havo rang (quyosh nurlarining Yer atmosferasida sochilishi koʻproq qisqa toʻlqin uzunliklariga toʻgʻri kelgani uchun), kechalari qora boʻlib koʻrinadi. Kunduzi Osmonda Quyoshni, baʼzan Oyni va kamdan-kam hollarda baʼzi osmon jismlari (mars, Zuhra yulduzi, yaʼni Venera)ni, kechalari esa bir vaqtning oʻzida 3000 tacha yulduz, sayyoralar, Oy, tumanliklarni, baʼzan kometa, meteor va boshqa osmon jismlarini koʻrish mumkin.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |