Kontent qismiga oʻtish

Ergash Otaxohov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Otaxohob Ergash Isaboyevichdan yoʻnaltirildi)

Ergash Isaboyevich Otaxohov (1914.11.9, Namangan - 1967.18.11, Toshkent) — terapevt olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1960), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1964). Tibbiyot fanlari doktori (1947), professor (1947). Toshkent tibbiyot akademiyasini tugatgach (1936), Harbiy-Dengiz flotida xizmat qilgan (1937—39). Toshkent tibbiyot akademiyasi gospital terapiya kafedrasida aspirant, assistent, dotsent, mudir (1939—49), Oʻzbekiston Gematologiya va qon quyish ilmiy tadqiqot institutining direktori (1942—44), Toshkent tibbiyot akademiyasida ilmiy ishlar boʻyicha prorektor (1949—51), pediatriya va sanitariya-gigiyena fakultetlari ichki kasalliklar pro-pedevtikasi kafedrasi mudiri (1951 — 1967). Ilmiy ishlari oʻlka patologiya-si, ovqat hazm qilish aʼzolari va qon kasalliklariga oid. Namangan tibbiyot bilim yurtiga O. nomi berilgan.

  • Xronicheskiye zabolevaniya kishechnika, T., 1965; Serdechno-sosudistie zabolevaniya i ix preduprejdeniya, T., 1970.