Magmatik togʻ jinslari
Magmatik togʻ jinslari - otqindi togʻ jinslari. Togʻ jinslarining aniqlashni ularning strukturasi va teksturasidan boshlash lozim. Chunki bu xossalar togʻ jinslarining intruziv yoki effuziv ekanligini aniqlashga imkon beradi. Shundan soʻng uning rangi,solishtirma ogʻirligi va minerologik tarkibi aniqlanadi. Magmaning Yer poʻsti va yer yuzasida sovushi va kristallanishi natijasida vujudga keladi. Magma chuqurlikda, Yer pustila, shuningdek, oqib chiqqach, yer ustida ham qotishi mumkin. Shunga qarab Magmatik togʻ jinslarij.ni 2 asosiy sinfga: intruziv togʻ jinslari va effuziv togʻ jinslariga boʻladilar. Tarkibidagi kremnezyom miqdoriga qarab Magmatik togʻ jinslarij.ning nordon, oʻrtacha, asosli va oʻta asosli guruhlari farq qilinadi. Magmatik togʻ jinslari. barcha burmali oblastlar, platformalar zamini, qalqonlar, hozirgi okeanlarda uchraydi. Magmatik togʻ jinslari. guruhlari bilan muayyan foydali qazilmalar bogʻliq. Masalan, nordon Magmatik togʻ jinslarij. bilan qalay, volfram, oltin rudalari, asoslilari bilan titanomagnetit, mis rudalari, oʻta asoslilari bilan xrom, platina, nikel rudalari, ishqoriy-oʻta asoslilari bilan titan, fosfor, kamyob yer elementlari rudalari va hokazo. Magmatik togʻ jinslari.dan qurilish (tuf, labradorit), abraziv, issiklikni oʻtkazmaydigan material sifatida, shuningdek, ayrim metallar (mas, alyuminiy)ni ajratib olishda foydalanish mumkin[1].
Yana q.
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |