Melixon Oxunova
Melixon Oxunovna Oxunova - O’zbekiston Fanlar akademiyasining muxbir a'zosi, tarix fanlari doktori, professor, O’zbekistonda xizmat kursatgan fan arbobi, Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureate, Respublika Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori. U 1928-yilning 28-dekabrida Namangan viloyatining Uchqo’rg’on shahrida dehqon oilasida tug’ilgan. 1949-yilda O’zbekiston Davlat universitetining tarix fakultetini tamomlab, O’zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix va arxeologiya institutining aspiranturasida o’qidi. So’ngra O’zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix institutining kichik ilmiy xodimi, katta ilmiy xodimi, 1961-yildan direktorning fan bo'yicha o’rinbosari, 1965-yildan 1986-yilgacha esa direktori bo’lib ishladi. M.Oxunova ilmiy-tashkiliy ishni tadqiqotchilik ishi bilan muvaffaqiyatli ko’shib olib bordi: u Sovet O’zbekistoni tarixi va respublika ishchilar sinfi tarixi problemalariga oid saksontadan ko’proq ilmiy asarlarini e'lon qildi. U to’rt tomlik «O’zbekiston SSR tarixi», ikki tomlik «Samarqand tarixi» jamoa monografiya hamda boshqa asarlarning mualliflari va muharrirlaridan biridir. O’zbekiston ishchilar sinfi tarixiga oid uch tomlik asarni tayyorlashda ishtirok etganligi uchun u Beruniy nomidagi davlat mukofoti laureati unvoniga sazovor bo’lgan edi. 1979-yilda u O’zbekiston Fanlar akademiyasining muxbir a'zosi etib saylandi. M.Oxunova yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash sohasida katta ish olib bordi. U jamoat ishlarida faol qatnashdi. Xalq deputatlari Toshkent shahar va tuman Kengashlariga bir necha marotaba deputat etib saylandi. 1979-yilda unga «O’zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arbobi» faxriy unvoni berilgan edi. Taniqli tarixchi-olim, kamtarin va mehribon inson Melixon Oxunovna Oxunova 1987-yil 11-oktabrda 59 yoshida vafot etdi.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |