Oydin Hojiyeva
Oydin Hojiyeva | |
---|---|
Tavalludi |
22-aprel 1942-yil Buxoro, Oʻzbekiston |
Vafoti |
14-may 2023-yil (81 yoshda)[1][2] Toshkent, Oʻzbekiston |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Mukofotlari |
Oydin Hojiyeva (1942-yil 22-aprel, Boʻston qishlogʻi, Qiziltepa tumani, Buxoro (hozirgi Navoiy) – 2023-yil 14-may, Toshkent) – Oʻzbekiston xalq shoiri (1992). Toshkent davlat universitetining filologiya fakultetini tugatgan (1965). „Sharq yulduzi“ jurnalida adabiy xodim (1965), boʻlim boshligʻi (1971–1976), „Saodat“ jurnalida boʻlim mudiri (1976–1985), „Gulxan“ jurnali bosh muharriri (1985–1994), „Milliy va ijtimoiy barqarorlik“ jamgʻarmasi raisi (1993–1995). „Saodat“ jurnali va uning ilovasi „Gulchehralar“ gazetasida bosh muharrir (1994-yildan).
Ijodi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ilk kitobi – „Shabnam“ (1970). „Manzillar“ (1971), „Men sevgan qoʻshiq“ (1972), „Orzu guli“ (1974), „Tarovat“ (1976), „Dostonlar“ (1980), „Xushxabar“ (1983), „Mushfiq onajon“ (1983), „Chashmalarni izlayman“ (1986), „Tamal toshi“ (1988), „Ishonch yulduzlari“ (1989), „Koʻzimning oqu qorasi“ (1996), „Panohim“ (1998) kabi sheʼriy toʻplamlar muallifi. Ijodida inson qalbi kechinmalari xalqona ohanglarda oʻziga xos talqinini topgan („Navo“, 1977). Vatanga muhabbat, maʼnaviy poklik, til bilan dil rostligi, hayotning abadiy va unutilmas orzu-armonlari, inson matonati, xalqning beqiyos goʻzal, olija-nob qalbini kuylash, odamlarga munis, mehribon dardkash boʻlmoq istagi Hojiyeva ijodining bosh mavzusi hisoblanadi. Hojiyeva 1990-yillarda ham vatan-parvarlik mavzuida turkum sheʼr va dostonlar yozdi („Dard“, „Ozod soʻz yolqinlari“, „Ziyorat“ va boshqalar). Badiiy ijodni ijtimoiy faoliyat bilan qoʻshib olib borgan shoiraning „Ruhimizga yongʻin tushmasin“, „Meni iztirobga solar bu oʻylar“, „Millatning qay-gʻusi nima?“ kabi publitsistik asarlarida til masalalari, oʻzbsj xotinqizlarining ogʻir dala mehnati muammolari aks etdi. Sándor Petőfi, Adam Mickiewicz, R.Kazakova, M.Dilboziy, Gulruxsor, M.Abdulqosimova, F.Ungarsinova va boshqa shoirlarning sheʼrlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Sheʼrlari rus, ukrain, qozoq, qirgʻiz, tojik, belorus, fransuz, ingliz va urdu tillarida nashr etilgan. Oydin Hojiyeva taniqli adabiyotshunos Ibrohim Gʻofurov bilan turmush qurgan. Shoira 2023-yil 14-may kuni Toshkentda vafot etdi[3].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Koʻzimning oqu qorasi |Sheʼrlar], Toshkent, 1996-yil.
- Panohim [Sheʼrlar, Hikoyalar], Toshkent, 1998-yil.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ https://kun.uz/uz/news/2023/05/14/ozbekiston-xalq-shoiri-oydin-hojiyeva-81-yoshida-vafot-etdi
- ↑ https://daryo.uz/2023/05/14/ozbekiston-xalq-shoiri-oydin-hojiyeva-81-yoshida-vafot-etdi
- ↑ 3,0 3,1 „Oydin Hojiyeva vafot etdi.“. 2023-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 14-may.
- ↑ „Hojiyeva Oydin“. Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. H-harfi (Wayback Machine saytida 2020-09-25 sanasida arxivlangan) Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |