Kontent qismiga oʻtish

Oygaying ruda maydoni

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Oygaying Ruda Maydonidan yoʻnaltirildi)

Oygaying ruda maydoni - Oygaying daryosining oʻrta oqimida joylashgan rudali maydon. 1936-yilda topilgan. 1942—43 yillarda volfram va nodir metallar qazib olingan. Oygaying ruda maydonim.ning maksimal zaxiralarini aniqlash maqsadida 40-yillar 2-yarmida qidiruv-razvedka ishlari olib borilgan. Oygaying ruda maydonim. granit massivi va paleozoy davriga mansub metamorfik jinslardan tashkil topgan. Maydonda granit massivi bilan genetik bogʻlangan pegmatit, greyzen, skarn, apogranitlar (albit va greyzenlashgan granit) va apokarbonatlar (slyuda va flyuoritlashgan ohaq-tosh) mavjud. Ular tarkibida volfram, qalay, ftor, mis, molibden, rux va boshqa nodir elementlarning minerallari uchraydi. Bu minerallardan nodir metallarning xom ashyosi sifatida foydalaniladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil