Kontent qismiga oʻtish

Duvr boʻgʻozi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Pa-de-kaledan yoʻnaltirildi)

Duvr boʻgʻozi (inglizcha: Strait of Dover) yoki Pa-de-kale (fransuzcha: Pas de Calais) — Buyuk Britaniya oroli bilan Yevropaning materik qismi (Fransiya qirgʻoklari) orasidagi boʻgʻoz, Shimoliy dengiz tomonidan La-Mansh boʻgʻoziga kiraverishda. Antropogen davrida quruqlikning choʻkishidan vujudga kelgan. Eng kambar joyi (Duvr bilan Kale shaharlari orasida) 32 km, eng chuqur joyi 64 m. Yirik portlari: Duvr, Kale, Dyunkerk. Duvr — Kale, Duvr—Dyunkerk, Duvr—Bulon oʻrtasida parom qatnaydi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil