Kontent qismiga oʻtish

Pak In No

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Pak in nodan yoʻnaltirildi)

Pak In No (adabiy taxallusi – Noge) (1561.11.8 – Yonchxon viloyati – 1643.25.1) – koreys shoiri. Koreys adabiyetidagi kasa (doston) va sijo (uch misra) kabi poetik janrlarda ijod qilgan. Yapon bosqinchilariga qarshi boʻlgan Imjin ozodlik urushi (1592— 98) qatnashchisi. Vatanparvarlik ruhidagi „Tinchlik xaqida soʻz“ (1598), „Kemadagi oʻylar“ (1605), „Yonnam haqida qoʻshiq“ (1635) kabi dostonlar muallifi. 1605-yildan qarbiy xizmatni tashlab, yakka, xilvatda yashay boshlagan; bu holat uning tabiat manzaralari tasvirlangan eng yaxshi dostonlarida („Ovloq koʻcha qaqida toʻrtliklar“, „Noge manzili haqida qoʻshiq“, taxminan 1610—11) oʻz ifodasini topgan. Xanmun (xitoy adabiy tilining koreyslashgan shakli)da yaratilgan 7 kasa, 68 sijo va boshqa sheʼrlar „Nogelik oʻqituvchining asarlar toʻplami“ (1—3kitoblar, 1800-yilda nashr etilgan)ni tashkil etadi. 1961-yilda Jaxrn Tinchlik Kengashi qaroriga muvofiq shoir tavalludining 400 yilligi nishonlangan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil