Kontent qismiga oʻtish

Zahariy Paliashvili

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Paliashvili Zahariy Petrovichdan yoʻnaltirildi)
Zahariy Paliashvili
Tavalludi 4 (16) avgust 1871
Vafoti 6-oktyabr 1933[1]
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi, Transcaucasian Democratic Federative Republic, Gruziya Demokratik Respublikasi, Transkavkaz Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasi va SSSR

Zahariy Petrovich Paliashvili [1871.4(16).8, Kutaisi - 1933.6.10, Tbilisi] — gruzin kompozitori, dirijyor, pedagog, musiqa jamoat arbobi. Gruziya xalq artisti (1925). Gruzin kompozitorlik maktabi asoschilaridan. Tbilisi musiqa bilim yurti (1895—99) va Moskva konservatoriyasi (1900— 03)da taʼlim olgan. Gruzin filarmoniya jamiyatiga asos solgan (1905). 1919-yildan Tbilisi konservatoriyasi professor, direktori (1919,1923, 1929 — 32). Gruziya xalklarining jami 300 ga yaqin qoʻshiklarini toʻplab, ulardan bir qismini nashr etgan (1910). Kompozitorlik ijodida turli mahalliy (kaxetin, guriy, svan va boshqalar) musiqa uslublari negizida yangi umummilliy musiqa tilini ishlab chiqqan. "Abesalom va Eteri" (1910— 18), "Daisi" (1923) operalari bilan gruzin musiqa sanʼatiga muhim hissa qoʻshgan. P., shuningdek, "Gruzincha liturgiya", xor asarlari, romanslar muallifi. Tbilisidagi Gruzin davlat opera va balet teatri, bir necha mu-siqa oʻquv muassasalariga P. nomi berilgan. 1971-yilda P. nomidagi Gruziya davlat mukofoti taʼsis etilgan.[2]

  1. // (unspecified title)
  2. "Paliashvili Zahariy Petrovich" OʻzME. P-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil