Paradokslar roʻyxati
Qiyofa
(Paradokslar umumiy roʻyxatidan yoʻnaltirildi)
Quyida paradokslar roʻyxati keltirilgan.
Mantiq
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Timsoh dilemmasi: agar timsoh bir bolani oʻgʻirlasa va uni otasiga timsoh nima qilishini topish sharti bilan qaytarishni vaʼda qilsa, ota timsoh bolani qaytarmasligini aytsa, timsoh nima qilishi kerak?
- Ichuvchi paradoksi: har qanday mayxonada agar u ichsa, hamma ichadigan odam topiladi.
- Lotereya paradoksi: bir lotereya chiptasida yutuq yoʻqligiga ishonish barcha chiptalar yutuqsizligiga ishonishga olib keladi.
- Qarg'a paradoksi: yashil olmalar soni oshishi barcha qargʻalar qora ekanligi ehtimolini oshiradi.
- Kutilmagan qatl paradoksi: qatl kuni nomaʼlum, demak u hech qachon sodir boʻlmaydi, demak u nomaʼlum qoladi.
Oʻz-oʻziga ishorat
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Sartarosh paradoksi: sartarosh barchaning soqolini oladigan erkaklarni qirtishlaydi. U oʻzini qirtishlaydimi?
- Sud paradoksi: yurist talaba domlasiga birinchi ishini yutib chiqsa, pul toʻlashini vaʼda qiladi. Domla darhol toʻlov talab qilib talabani sudga beradi.
- Curry paradoksi: „Agar ushbu gap toʻgʻri boʻlsa, Ayoz Bobo mavjuddir.“
- Istisno paradoksi: „Agar har qoidaning istisnosi boʻlsa, har qoidaning istisnosi boʻlishi qoidasining ham istisnosi boʻlishi kerak.“
- Yolgʻonchi paradoksi: „Ushbu gap yolgʻondir“ yoki "Ushbu savol javobi — „yoʻq“mi?" yoki „Men aldayapman.“
- Teskari kun: "Bugun teskari kun, " demak bugun teskari kun emas, chunki gap teskari.
- Russell paradoksi: oʻzini ichiga olmaydigan barcha toʻplamlar toʻplami oʻzini ichiga oladimi?
- Suqrot paradoksi: „Hech narsa bilmasligimni bilaman.“
- Kamtarlik: "Men dunyodagi eng kamtar odamman".
Noaniqlik
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Tezey kemasi: agar biror kemaning bir qismi almashtirilsa, u hamon oʻsha kema boʻlib qoladi. Demak kemaning barcha qismlarini almashtirilsa, u yana oʻsha kema boʻlib qolaveradi. Biroq, eski qismlardan yana bir kema yasalsa, yana bir oʻsha kema paydo boʻladi.
- Uyum paradoksi: bitta qum donasi uyum emas. Unga yana bir qum donasi qoʻshilsa ham uyum boʻlmaydi. Demak hech qanday qum miqdori uyum boʻlmaydi.
Matematika
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1 − 2 + 3 − 4 + · · · yigʻindisi butun son boʻlmagan ga teng.[1]
- Lift paradoksi: liftlar koʻproq bir tomonga harakat qilayotgandek koʻrinadi.
- Qiziqarli son paradoksi: eng birinchi „zerikarli“ son eng birinchi boʻlgani uchun „qiziqarli“ boʻlsa, barcha sonlar „qiziqarli“ boʻlib chiqadi.
Statistika
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Doʻstlik paradoksi: har qanday odamning doʻstlari undan koʻproq doʻstlarga ega.
- Yangilanish nazariyasi: nega avtobus kutilganidan kech kelishi kuzatiladi?
Ehtimollik
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Tugʻilgan kun paradoksi: ikki odamning bir kunda tugʻilganligi ehtimoli qancha?
- Oʻgʻil yoki qiz paradoksi: ikki bolali oilada kamida bitta oʻgʻil bor. Unda qiz borligi ehtimoli qancha?
- Monty Hall muammosi: shartli ehtimollikning nointuitiv natijasi.
- Boʻyinbogʻ paradoksi: ikki odam orasidagi garov ularning ikkoviga ham foyda keltiradigandek koʻrinadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Euler, Leonhard (1768). "Remarques sur un beau rapport entre les séries des puissances tant directes que réciproques". Memoires de l'academie des sciences de Berlin 17: 83–106. http://www.math.dartmouth.edu/~euler/docs/originals/E352.pdf. "... quand on dit que la somme de cette série 1 - 2 + 3 - 4 + 5 - 6 &c. est ¼, cela doit paroitre bien paradoxe"