Parpasha
Qiyofa
(Paripashadan yoʻnaltirildi)
Parpasha, paripasha (fors.) — nafis yoʻlli nimshoyi mato; koʻkimtir kulrang tusga ega. Tanda iplari ok, ipakdan, arqogʻi toʻq koʻk rangli ipdan qoʻl dastgohida toʻqilgan. Toʻqish jarayonida tanda iplari orasida maxsus qoldirilgan joylarda hosil boʻladigan teshikchalar orqali arqoq ipini koʻrinishi ingichka yoʻllar hosil qiladi. P. Buxoro, Samarqand, Qoʻqon, Margʻilon, Namangan va boshqa shoyi toʻkish markazlarida ishlab chiqarilgan. Buxorolik ustalar ip va ipak iplarini teng miqdorda ishlatganlar. Ipak koʻp ishlatilgan P. qimmat boʻlib, nihoyatda qadrlangan. P.dan, asosan, paranji tikilgan, shuningdek, erkaklar uchun toʻn ham tayyorlangan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |