Kontent qismiga oʻtish

Pashshalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Pashshadan yoʻnaltirildi)
Urgʻochi uy pashshasi.

Pashshalar (Toshkent shevasida), chivinlar (boshqa shevalarda) — 2 qanotli hasharotlar guruhi. Pashshalarga, odatda, barcha kalta moʻylovli 2 qanotlilar: soʻqirlar, boʻkalar, pashshalar, taxinlar va boshqa oilalar kiritiladi. Gavdasi nisbatan yoʻgʻon, qanotlari keng , ogʻiz organlari yalovchi tipda. Qurtlarining oyogʻi va boshi boʻlmaydi. Gʻum-bagi bochkasimon. Pashshalar yirtqich (qoʻtirlar), parazit (taxinlar, qon soʻruvchi pashshalar, soʻnalar, boʻkalar), oʻsimlikxoʻr (Gessen pashshasi), turli suyuq organik moddalar (chin pashshasi) bilan oziqlanadi. Pashshalar tabiatda koʻpchilik qushlar, sudralib yuruvchilar, hasharotxoʻr sut emizuvchilar uchun asosiy oziq sifatida katta ahamiyatga ega. Bir qancha Pashshalar parazitlik qilishi va kasallik tarqatishi tufayli odam va hayvonlarga katta ziyon yetkazadi. [1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil