Kontent qismiga oʻtish

Cheksizlik sari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Passengers (2016 film)dan yoʻnaltirildi)
Cheksizlik sari
Passengers

Film posteri
Rejissyor(lar) Morten Tyldum
Prodyuser(lar)
  • Stephen Hamel
  • Michael Maher
  • Neal H. Moritz
  • Ori Marmur
Ssenariynavis(lar) Jon Spaihts
Rollarda
Bastakor(lar) Thomas Newman
Kinematografiya Rodrigo Prieto
Muharrir(lar) Maryann Brandon
Studiya(lar)
Distribyutor Sony Pictures Releasing
Chiqarilgan sanasi
Davomiyligi 116 daqiqa[2]
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Byudjeti $110-150 million[3][4]
Daromadi $303,1 million[3]

Cheksizlik sari (inglizcha: Passengers) 2016-yilda ekranlarga chiqarilgan AQSh ilmiy fantastik filmidir. Columbia Pictures, LStar Capital, Village Roadshow Pictures, Wanda Pictures, Original Film, Company Films va Start Motion Pictures studiyalari tomonidan ishlangan hamda Sony Pictures Releasing tomonidan tarqatilgan. Film rejissori — Morten Tyldum, produserlari — Stephen Hamel, Michael Maher, Neal H. Moritz va Ori Marmur, ssenariy muallifi esa Jon Spaihts'dir. Filmda bosh rollarni Jennifer Lawrence, Chris Pratt, Michael Sheen, Laurence Fishburne va Andy García ijro etgan.

Filmning ilk relizi 14-dekabr 2016-yilda boʻlib oʻtgan. Film mablagʻi $110-150 millionni tashkil etib, kartina umumjahon boʻylab $303 million daromad qilgan.

5000 kolonist va 258 ekipaj aʼzosini Yer sayyorasidan Homestead II sayyorasiga Avalon fazo kemasida yoʻl oladi. Fazo kemasi 120 yilda manzilga yetib borishi tufayli undagi barcha kishilar gibernatsiyaga tushiriladi. Fazo kemasi yoʻlga chiqqaniga 30 yildan boʻlganida, asteroid toʻqnashuvi sabab kemaning ayrim qismlariga zararlanadi. Bu nosozlik esa yoʻlovchi — James „Jim“ Prestonʼni belgilangan muddatdan 90 yil oldin uygʻonishiga olib keladi.

Uygʻonganiga bir yildan oshgach, Jim tushkunlikka tushib qoladi. Fazo kemasida u bilan gaplashishga faqat Arthur ismli robot-barmen bor boʻladi. Jim oʻz joniga qasd qilish haqida oʻylar ekan, uxlab yotganlar orasida Aurora Lane ismli yosh va goʻzal ayolni koʻrib qoladi. Fazo kemasida yolgʻizlikda oʻlib ketishni istamagan Jim Aurorani uygʻotishni istaydi, biroq uning hayotini buzishni istamagani uchun oʻzini bunday qilishdan tiyinishga harakat qiladi. Biroq, oxir-oqibat Jim uni uygʻotadi va uni nosozlik sabab uygʻonganiga ishontiradi. Fazo kemasida umrini oxirigacha qolishni istamagan Aurora yana qayta uxlash yoʻllarini izlaydi. Tushkunlikka tushib, tajribalari haqida yozishni boshlaydi.

Oradan bir-ikki yil oʻtib, ikkalasi bir-birini sevib qoladi. Jim Auroraga turmush qurishni taklif etishidan oldin, Arthur beixtiyor uning uygʻonishi haqidagi haqiqatni Auroraga aytib qoʻyadi. Bundan jahli chiqqan Aurora hatto Jimga jismonan hujum ham qiladi. Jim buning uchun kechirim soʻraydi, ammo Aurora jahl bilan uning uzrini rad etib, u bilan aloqalarni toʻxtatadi.

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 Linden, Sheri „'Passengers': Film Review“. The Hollywood Reporter (15-dekabr 2016-yil). Qaraldi: 7-sentabr 2020-yil.
  2. Passengers (12A)“. British Board of Film Classification (8-dekabr 2016-yil). Qaraldi: 8-dekabr 2016-yil.
  3. 3,0 3,1 „Passengers (2016)“. Box Office Mojo. IMDb. Qaraldi: 12-may 2017-yil.
  4. FilmL.A. (2017-yil may). „2016 Feature Film Study“ (PDF). FilmL.A. Feature Film Study. Qaraldi: 14-aprel 2018-yil. {{cite magazine}}: sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)