Kontent qismiga oʻtish

Chumchuqsimonlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Passeriformesdan yoʻnaltirildi)
Chumchuqlar
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar

Chumchuqsimonlar (Passeriformes) — qushlar turkumi. 63 oilasi, 5100 ga yaqin turi maʼlum. Oʻzbekistonda 209 turi uchraydi. Ch. tanasining uz. 9,5 dan (korolyok—chittakning bir turi) — 65 sm gacha (quzgʻun). Ogʻirligi 3—4 g dan 1,1—1,6 kg gacha. Yer yuzida keng tarqalgan. 4 kenja turkum: shoxtumshuqli Ch., qichqiruvchi Ch., sayroqi Ch. va yarim sayroqi Ch.ga boʻlinadi. Shoxtumshuqli Ch. (14 tur) Afrika va Jan.Sharqiy Osiyoda tarqalgan. Qichqiruvchi Ch. (1100 tur) Janubiy Amerika va Sharqiy yarim sharning tropik qismida tarqalgan. Sayroqi Ch. (qariyb 4000 tur) yer yuzining hamma joyida yashaydi. Yarim sayroki Ch. (4 tur) Avstraliyada uchraydi. Koʻpchilik Ch. daraxt va butasimon oʻsimliklarda, ayrimlari havoda, baʼzilari yerda yashaydi. Oʻtroq, koʻchib yurib va mavsumiy hayot kechiruvchi Ch. bor. Tropik va subtropik mamlakatlarda yidda ikki marta 4—6 (baʼzilari 16) ta, Avstraliyada yashovchi ayrim turlari 1 ta tuxum qoʻyadi. Koʻpchilik turlar 11—14 kun, baʼzilari 19—20 kun, ayrimlari 45 kun tuxum bosadi. Koʻpchiligi jish joʻja ochadi (qarang Jish joʻja ochuvchi qushlar); bolasi bir yoshda voyaga yetadi. Nari va modasi kattaligi, rangi, sayroqiligi (nari sayraydi) bilan birbiridan farq qiladi. Ch.ning hasharotxoʻrlari va oʻsimlikxoʻrlari mavjud. Baʼzi turlari zararkunanda hasharotlar bilan oziqlanib, qishloq xoʻjaligiga katta foyda keltiradi. Noyob turlari Tabiat va tabiiy resurslarni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi Qizil kitobi roʻyxatiga kiritilgan.