Kontent qismiga oʻtish

Miyoncha

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Patnisdan yoʻnaltirildi)

Miyoncha, patnis (fors, miyon — oʻrta) —

1) mehmonlar (ayollar) tomonidan toʻyga dasturxon ichida, patnisda olib boriladigan shirinlik, sovgʻa. Asosan, nikoh va sunnat toʻylarida rayem boʻlib, faqat bir turdagi shirinlik (qand, pashmak, mayiz va boshqalar) lardan iborat boʻladi. M. ustiga kiyimlik qoʻyiladi;

2) toʻyga kelgan mehmonlar oldiga patnisda qoʻyiladigan qand-qurs, non, qatlama, meva va boshqa (Oʻzbekistonning ayrim joylarida taksimchalarda qoʻyiladigan mayiz-parvarda). Toʻylarni oʻtkazishda yangi odatlar rasm boʻlishi bilan bu turdagi M. taomildan qolib bormoqda (endilikda mehmonlar oldindan tuzab qoʻyilgan dasturxonga taklif etiladi).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil