Kontent qismiga oʻtish

Aleksandr Patrashkin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aleksandr Timofeyevich Patrashkin (1895.15.3, Sizran, Rossiya - 1975.14.7, Samarqand) — teatr rassomi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1967). Qozon rassomlik bilim yurtini tugatgan (1915). Samarqand rassomlik bilim yurtida pedagog (1935—40), Samarqand yosh tomoshabinlar teatrida bosh rassom (1941—45), Samarqand rus drama teatrida (1948—54), H. Olimjon no-midagi oʻzbek davlat musiqali drama teatrida (1955—68) rassom, bosh rassom. P. mumtoz, zamonaviy hamda milliy asarlarni bezashda realistik anʼanalarga tayangan: "Otello" (V. Shekspir), "Sarv qomat dilbarim" (Ch. Aytmatov), "Gang daryosining qizi" (R. Tagor), "Ogʻriq tishlar" (A. Qahhor), "Ravshan va Zulxumor", "Nurxon" (K. Yashin; T. Jalilov), "Dilerom" (K. Yashin; M. Ashrafiy), "Aziz va Sanam" (A. Bobojon; K. Ota-niyozov), "Maysaraning ishi" (Hamza; T. Jalilov) va boshqa.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil