Kontent qismiga oʻtish

Palpatsiya

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Paypaslashdan yoʻnaltirildi)

Palpatsiya (lot. palpatio — silash), paypaslash — vrachning bemorni tekshirish usuli; bunda yuza toʻqimalar va chuqur joylashgan aʼzolarni muntazam paypaslab, mas, terining temperaturasi va namligi, baʼzi ichki aʼzolarning kattakichikligi, joylanishi, yuzasi kanday ekanligi va konsisten-siyasi, tomir urish xususiyatlari, shuningdek, P.ga nisbatan bemorning re-aksiyasi (mas, ogʻriq sezishi) aniqlanadi. Bimanual (ikki qoʻl yordami-da), yuzaki (qorin boʻshligʻidagi aʼzolar kasalligida paypaslash), chuqur (tekshirilayotgan aʼzoni qoʻl bilan chuqur bosib paypaslash) va boshqa xillari bor. Suyaklar, boʻgʻimlar, muskullar, limfa tugunlari, oʻsmalar, yuza joylashgan kon tomirlar ham paypaslab tekshiriladi. Oʻpka kasalliklarini (mas, zotiljam), homilador ayollarda homilaning kattakichikligini aniqlashda P.dan foydalaniladi. Qorindagi aʼzolar: meʼda, ichak, jigar, taloq, buyrakni tekshirishda P. usuli muqim ahamiyatga kasb etadi, chunki bunda shu aʼzolar haqida aniq fikrga ega boʻlinadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil