Kontent qismiga oʻtish

Peshku

Koordinatalari: 40°2′0″N 64°20′0″E / 40.03333°N 64.33333°E / 40.03333; 64.33333
Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Peshkoʻdan yoʻnaltirildi)
Peshku
Shaharcha
40°2′0″N 64°20′0″E / 40.03333°N 64.33333°E / 40.03333; 64.33333
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Buxoro viloyati
tuman Peshku tumani
Qachondan beri shaharcha 2009
Vaqt mintaqasi UTC+5
Peshku xaritada
Peshku
Peshku

PeshkuOʻzbekiston Respublikasi Buxoro viloyati Peshku tumaniga qarashli shaharcha. 2009-yilda shaharcha maqomi berilgan.[1]Buxoro viloyatidagi tuman. 1950-yil 15-aprelda Vobkent tumanining bir qismida tashkil etilgan.1959-yil 19-aprelda Vobkent tumani tarkibiga kiritilgan,1963-yil dekabrda uning hududi Romitan tumaniga berildi,1978-yil 5-aprelda qaytadan tuzilgan.1988-yil 5-sentabrda Romitan tumani bilan birlashtirilgan,1989-yil 17-maydan Peshku tumani yana alohida tuman maqomiga ega bo’ldi.

Peshku tumani-Buxoro viloyatining markaziy qismida joylashgan va shimoli-g’arb yo’nalishi bo’ylab uning eng shimoliy chekkasiga 250 km masofaga cho’zilgan.Shimoldan Navoiy viloyati,shimoli-g’arbdan Qoraqalpog’iston Respublikasi,shimoli-sharq va sharqdan viloyatining Shofirkon,Vobkent tumanlari,janub va janubi-sharqdan Romitan,Jondor tumanlari bilan chegaradosh.Maydoni-8,72 mimg km kv.Aholisi-106,2 ming kishi(2015).

Bugungi kunda Peshku tumanida 10 ta qishloq fuqarolari yig’ini (Abu Ali ibn Sino,Bog’imuso,Varaxsha,Jongeldi,Zandani,Peshku’,Chibog’ni,Yangibozor,Qal’ai Mirishkor,Qoraqalpoq) va 24 ta mahalla fuqarolar yig’ini, 2 ta shaharcha fuqarolar yig’ini,15 ta ko’cha va 135 ta qishloq mavjud. Jongeldi QFY tumanning cho’l zonasida joylashgan bo’lib,markazdan 260 km shimoli-g’arbda joylashgan. Markazi-Yangibozor shaharchasi. Tuman hududining kattaligi jihatidan Buxoro viloyatida Qorako’l tumanidan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Peshku tumani hududidan Zandani,Peshku,Yangirud,Xulbor,Bobobxoji,Cho’lariq,Qunarut,Murtazabod,Xo’ja Porso,Varaxsha kanalla oqib o’tadi.

Peshku atamasi haqida.Mahalliy toponomistlarning fikricha,tumanning hozirgi nomi ,,Peshku’’ aslida ,,Peshi ko’y’’-,,Katta yo’l ustidagi joy’’ ma’nosini bildiradi va shu nomdagi qishloqqa nisbatan ishlatiladi.Peshku Buxoro viloyatining kenja tumanlaridan biri sanalsa ham,u boy tarixga ega ko’xna qishloqlari bilan vohada alohida ajralib turadi. Tuman hududida Afshona(Buyuk alloma Abu Ali ibn Sino shu qishloqda tug’ilgan), Zandana (Mashhur ,,Zandanachi’’ matosi ishlab chiqarilgan), Xo’ja Peshku kabi qadimiy qishloqlar bor. Ilk o’rta asrlardan XX asrning 30-yillarigacha tuman nomi Zandona va Xutfar sifatida mashhur bo’lgan.

Tabiati.Peshku tuman hududi,asosan,tekislikdan iborat. Faqat,Quljuqtovga tutash yerlarida rel’yefi biroz murakkab va bu yerdagi past tog’larning balandligi 785 m ga yetadi.Bu viloyatdagi eng baland joydir.Peshku tumanining 4% ga yaqin maydoni Buxoro vohasidagi sug’oriladigan yerlardan iborat,qolgan qismi turli tipdagi cho’l yaylovlaridir.

Aholisi.Tuman aholisi tarkibining 51,5 foizini yoki 54 710 nafarini ayollar va 48,5 foizini yoki 51 523 nafarini erkaklar tashkil etadi.Tumanning tub aholisi o’zbeklardir. Aholini o’zbeklar(98,65% foiz), tojiklar (0,2 foiz), qozoqlar (1,1 foiz) va boshqa millat vakillari (0,05 foiz) tashkil etadi.Tumanda yashovchi 59,7 ming nafar aholi mehnat yoshida bo’lib,shundan 57,7 ming kishi ish bilan band.