Mixail Pevsov
Qiyofa
(Pevsov Mixail Vasilyevichdan yoʻnaltirildi)
Mixail Vasilyevich Pevsov (1843.21.5, Novgorod -1902.25.2, Peterburg) — rus sayyoxi, generalmayor. Markaziy Osiyoni tadqiq etgan. Jungʻariya, Mongoliya, Gobi, Qashqar, Kunlunga 1876—90 yillarda uyushtirilgan 3 ta ekspeditsiyaga rahbarlik qilgan. Bosib oʻtgan yoʻllarini marshrut haritasiga tushirib, geografik jihatdan mukammal tasvirlab bergan. Sharqiy Turkiston va Tibet togʻligining shimoliy chekkalari haritasini tuzgan. Turfon soyligining gʻarbiy qismidagi Toʻqsuv botigʻini oʻrgangan. Ikkita yulduzni kuzatib geografik kenglikni aniklash metodi (Pevsov usuli)ni ishlab chiqqan. Oltoydagi muzlik Pevsov nomi bilan atalgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Puteshestviye po Kitayu i Mongolii, M, 1951; Puteshestviye v Kashgariyu i Kun-Lun, M., 1949.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |