Kontent qismiga oʻtish

Beda barg filchasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Phytonomus variabilisdan yoʻnaltirildi)
Beda barg filchasi
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar

Beda barg filchasi, fitonomus (Phytonomus variabilis Hrbst.) — bedaning xavfli zararkunandalaridan. Uzunburunlar oilasiga mansub mayda koʻngʻizcha bulib, boʻyi 5 – 7 mm, tumshugʻi ingichka va chuziq (shuning uchun filcha deyiladi), asosan kurtchasi bedaning yosh bargini, kurtagini, gʻuncha va gullarini shikastlaydi. Beda barg filchasi f. tumshugʻi bilan poyani teshib, uning kovaklariga 3 — 30 tadan tuxum qoʻyadi. Bitga filcha 2000 — 2500 tuxum qoʻyadi. Tuxumdan chiqqan qurtcha barg kurtaklari ichiga teshib kiradi, uchinchi marta pust tashlagandan keyin barg sirtaga chiqib, bargni yeydi. Barg ilma-te-shik boʻlib qoladi. Yetuk qurtcha barglar orasida toʻr pilla ichida gʻumbakka aylanadi. Bedapoya, yoʻl va ariq yoqalaridagi oʻsimlik qoldiqlarida hamda tuproqning yuza qatlamida qishlaydi. Qurtlarining rivojlanish davri 15 — 28 kun.

Kurash choralari: bedapoyalarni kuzda va erta koʻklamda boronalash, shu muddatlarda sugʻorish, beda koʻkara boshlaganda rogor, fozalon kabi in-sektitsidlarni purkash yoki changitish.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil