Kontent qismiga oʻtish

Asteroid

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Planetoïdedan yoʻnaltirildi)
951 Gaspra asteriodi
Asteroidlar

Asteroidlar (yunoncha aster – yulduz va eidos – koʻrinish) – kichik sayyoralar; Quyosh atrofida elliptik orbitalar boʻylab harakatlanuvchi va koʻpchiligi Mars va Yupiter orbitalari oraligʻida joylashgan kichik jismlar. Titsius – Bode qonunita koʻra, Mars va Yupiter orbitalari oraligʻida Quyoshdan 2,8 a.b. uzoqlikda qandaydir sayyoralar bulishi kerakligi haqidagi faraz 18-asr oxirlarida aytilgan edi. Birinchi asteroid sayyorani yulduzlar jadvalini tuzish bilan shugʻullanayotgan italiyalik astronom J. Piatssi tasodifan 1801-yil 1-yanvar kuni topdi. Unga Serera deb nom berildi. K. Gauss bu sayyorani uch marta kuzatgandan keyin uning orbitasini hisoblash usu-lini ishlab chiqdi. Hisoblashlarga koʻra, Serera Quyoshdan oʻrta hisobda 2,8 a.b. (1 a.b. q 149,6 mln. km) uzoqda turib, uning atrofida aylanar ekan. Ammo 1802-yil 28-martda nemis astronomi G. Olbers top-gan yangi sayyoraning ham Quyoshdan oʻrtacha uzoqligi 2,8 a.b.ga tengligi astronomlarni hayratda qoldirdi. Ikkinchi kichik sayyoraga Pallada deb nom berildi. Keyingi ikkita A.- Yunona va Vesta 1804-07 yillarda topildi. 1847-yildan boshlab har yili bir nechtadan A.lar to-pilib turdi. 1891-yilda M. Volf A.ni ochish uchun fotografik usulni qoʻllagach, kichik sayyoralarni kuzatish ishlari ancha jadallashdi. Bundan keyingi yillari hatto 300-400 talab, mas, 1931-yilda 400 tacha nomaʼlum kichik sayyora roʻyxatga olingan. Hozir ham har yili 100 tacha yangi sayyoralar kashf etilmoqda. Yangi ochilgan A.ga dastlab vaqtinchalik belgi (topilgan yili, oyi va tartibini bildi-ruvchi ikki harf), keyinchalik, yetarli da-rajada oʻrganilgandan soʻng yangi raqami va nom beriladi. A.ni kuzatish asosan fotografik usulda olib boriladi. Soat mexanizmi bilan jihozlangan teleskop yor-damida osmonning biror qismi fotosu-rati olinsa, unda yulduzlar yumaloq shak-lda, ularga nisbatan harakatda boʻlgan A. yoki kometa esa biror chiziq shaklida chiqadi. A.larning koʻpchiligi juda xira, shu sababli, ularning birortasini ham teleskopsiz koʻrib boʻlmaydi. Shu vaqtga qadar barcha A.ning 4-5 foizdan kamrogʻi topilgan. Ularning koʻpchiligi Yerga eng yaqin kelganda 12- 14 yulduz kattali-gida boʻladi. A.ning koʻrinma harakati, asosan, katta sayyoralar harakatiga ux-shash; gʻarbdan sharqqa yurib, osmon sfe-rasida sirtmoqsimon chiziq chizadi. 1997-yilgacha 6200 dan ortik, A. orbitasining elementlari hisoblangan. Orbita ele-mentlarining oʻzaro bogʻlanishi va A. soni boʻyicha taqsimlanishini tekshirib, A. halqasi topildi. Hozirgacha topil-gan A.ning 97 % Quyoshdan oʻrta hisobda 2,2-3,6 a.b. uzoqlikda joylashgan. A.ning Quyosh atrofida aylanish davri 3-7 yil. Orbitasining katta yarim oʻqi boʻyicha Quyoshga eng yaqin A. Ikardir (№ 1566, a-1,08 a.b., T-409 kun). Eng uzogʻi 1992-yilda kashf qilingan 1992 AD say-yora boʻlib, uning perigeliysi 8,6 a.b., afeliysi 33,5 a.b. Quyosh atrofini 90 yilda aylanib chiqadi. Tekshirishlar A.ning Mars va Yupiter orbitalari oraligida konsentrik halqalar shaklida quyuqlashib joylashganini koʻrsatdi. A. zichligi Yer zichligi bilan bir xil deb olinsa, A.ning umumiy massasi Yer mas-sasiga teng boʻladi. Eng katta asteroida – Sereraning massasi Yer massasiga barobar. Kichik sayyoralarning paydo boʻlish masalasi astronomiyaning toʻla hal qilinmagan sohalaridan biridir. Baʼzi farazlarga koʻra, A. bitta yoki bir nechta sayyoraning parchalanishi yoki say-yoralar toʻqnashganda maydalanishidan hosil boʻlgan. Boshqa farazga koʻra, mayda jismlar (meteorlar)dan yirik A. hozir 713ham paydo boʻlib turadi. Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Astronomiya institutida A.ni kuzatish ishlari 1900-yildan bosh-lab olib borilmoqda. Ikkinchi jahon urushi davrida Kitob xalqaro kenglik stansiyasida ishlagan G. N. Neuymin oʻzi ochgan yuzdan ortiq kichik sayyoraning bi-riga „Oʻzbekistoniya“ deb nom berdi. 1930-yil taklif qilingan „Xira yulduzlar jadva-li“ muammosi munosaba-ti bilan tuzilgan xalqaro dasturga mu-vofiq Astrono-miya institutida maxsus tanlangan 20 ta eng ravshan A. harakatlari 1980-yilga qadar tekshirilib, osmonda inersial koor-dinatalar sis-temasini tuzish muammo-siga salmoqli hissa qoʻshildi. Bu 20-asrda astrometriya va osmon mexanikasi sohalarida olingan gʻoyat muhim ilmiy natija hisoblanadi. Bundan tashqari oʻzbek astronomlari keyingi 30-40 yil davomida A.ga oid barcha xalqaro dasturlarda faol qatnashib kelmoqdalar. Mars va Yupiter oraligida hozir Be-runiy, Ulugʻbek va boshqa nomlar bilan ataluvchi A. parvoz qilib yuribdi.[1]

Titsius – Vode qonuniga kura. Mars va Yupiter orbitalari oraligida Quyoshdan 2,8 a.b. uzoklikda qandaydir sayyoralar boʻlishi kerakligi haqidagi faraz 18-asr oxirlarida aytilgan edi. Birinchi asteroid sayyorani yulduzlar jadvalini tuzish bilan shugʻullanayotgan italiyalik astronom J. Piatssi tasodifan 1801-yil 1-yanvar kuni topdi. Unga Serera deb nom berildi. K. Gauss bu sayyorani uch marta kuzatgandan keyin uning orbitasini hisoblash usulini ishlab chikdi. Hisoblashlarga koʻra, Serera Quyoshdan oʻrta hisobda 2,8 a.b. (1 a.b.=149,6 mln. km) uzokda turib, uning atrofida aylanar ekan. Ammo 1802-yil 28-martda nemis astronomi G. Olbers topgan yangi sayyoraning ham Quyoshdan oʻrtacha uzoqligi 2,8 a.b.ga tengligi astronomlarni hayratda qoldirdi. Ikkinchi kichik sayyoraga Pallada deb nom berildi. Keyingi ikkita Asteroidlar – Yunona va Vesta 1804-07 yillarda topildi. 1847-yildan boshlab har yili bir nechtadan Asteroidlarlar topilib turdi. 1891-yilda M. Volf Asteroidlarni ochish uchun fotografik usulni qoʻllagach, kichik sayyoralarni kuzatish ishlari ancha jadallashdi. Bundan keyingi yillari hatto 300-400 talab, masalan, 1931-yilda 400 tacha nomaʼlum kichik sayyora roʻyxatga olingan. Hozir ham har yili 100 tacha yangi sayyoralar kashf etilmokda. Yangi ochilgan Asteroidlarga dastlab vaqtinchalik belgi (topilgan yili, oyi va tartibini bildiruvchi ikki harf), keyinchalik, yetarli darajada oʻrganilgandan soʻng yangi raqami va nom beriladi. Asteroidlarni kuzatish asosan fotografik usulda olib boriladi. Soat mexanizmi bilan jihozlangan teleskop yordamida osmonning biror qismi fotosurati olinsa, unda yulduzlar yumaloq shaklda, ularga nisbatan harakatda boʻlgan Asteroidlar yoki kometa esa biror chiziq shaklida chiqadi. Asteroidlarning koʻpchiligi juda xira, shu sababli, ularning birortasini ham teleskopsiz koʻrib boʻlmaydi. Shu vaqtga qadar barcha Asteroidlarning 4-5 foizdan kamrogʻi topilgan. Ularning koʻpchiligi Yerga engyaqin kelganda 12- 14 yulduz kattaligida boʻladi. Asteroidlarning koʻrinma harakati, asosan, katta sayyoralar harakatiga oʻxshash; gʻarbdan-sharqqa yurib, osmon sferasida sirtmoqsimon chiziq chizadi. 1997-yilgacha 6200 dan ortiq Asteroidlar orbitasining elementlari hisoblangan. Orbita elementlarining oʻzaro bogʻlanishi va Asteroidlar soni boʻyicha taqsimlanishini tekshirib, Asteroidlar halqasi topildi. Hozirgacha topilgan Asteroidlarning 97 % Quyoshdan oʻrta hisobda 2,2-3,6 a.b. uzoklikda joylashgan. Asteroidlarning Quyosh atrofida aylanish davri 3-7 yil. Orbitasining katta yarim oʻqi boʻyicha Quyoshga eng yaqin Asteroidlar Ikardir (№ 1566, a-1,08 a.b., T-409 kun). Eng uzogʻi 1992-yilda kashf qilingan 1992 AD sayyora boʻlib, uning perigeliysi 8,6 a.b., afeliysi 33,5 a.b. Quyosh atrofini 90 yilda aylanib chiqadi. Tekshirishlar Asteroidlarning Mars va Yupiter orbitalari oraligʻida konsentrik halqalar shaklida quyuqlashib joylashganini koʻrsatdi. Asteroidlar zichligi yer zichligi bilan bir xil deb olinsa, Asteroidlarning umumiy massasi yer masalansasiga teng boʻladi. Eng katta aste 1 6000 yer roida – Sereraning massasi massasiga barobar. Kichik sayyoralarning paydo boʻlish masalasi astronomiyaning toʻla hal qilinmagan sohalaridan biridir. Baʼzi farazlarga koʻra, Asteroidlar bitta yoki bir nechta sayyoraning parchalanishi yoki sayyoralar toʻqnashganda maydalanishidan hosil boʻlgan. Boshqa farazga koʻra, mayda jismlar (meteorlar)dan yirik Asteroidlar hozir ham paydo boʻlib turadi.

Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Astronomiya institutida Asteroidlarni kuzatish ishlari 1900-yildan boshlab olib borilmoqda. Ikkinchi jahon urushi davrida Kitob xalqaro kenglik styasida ishlagan G. N. Neuymin oʻzi ochgan yuzdan ortiq kichik sayyoraning biriga „Oʻzbekistoniya“ deb nom berdi. 1930-yil taklif qilingan „Xira yulduzlar jadvali“ muammosi munosabati bilan tuzilgan xalqaro dasturga muvofiq Astronomiya institutida maxsus tanlangan 20 ta eng ravshan Asteroidlar harakatlari 1980-yilga qadar tekshirilib, osmonda inersial koordinatalar sistemasini tuzish muammosiga salmoqli hissa qoʻshildi. Bu 20-asrda astrometriya va osmon mexanikasi sohalarida olingan gʻoyat muhim ilmiy natija hisoblanadi.

Bundan tashqari oʻzbek astronomlari keyingi 30-40 yil davomida Asteroidlarga oid barcha xalqaro dasturlarda faol qatnashib kelmoqdalar.

Mars va Yupiter oraligida hozir Beruniy, Ulugʻbek va boshqa nomlar bilan ataluvchi Asteroidlar parvoz qilib yuribdi.

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil