Kontent qismiga oʻtish

Plastik jarrohlik

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Plastik operatsiyadan yoʻnaltirildi)

Plastik operatsiya - kishi organizmidagi shikastlangan biror aʼzoning shakli va funksiyasini qayta tiklash, tugʻma va hayotda orttirilgan nuqson, kamchiliklarni toʻgʻrilash. Plastik xirurgiyada toʻqimalarning joyi oʻzgartiriladi, bemor gavdasining boshqa qismidan olingan toʻqimalar koʻchirib oʻtkaziladi (autoplastika, autotrans-plantatsiya); bemorga boshqa odamdan (allotransplantatsiya) yoki hayvondan olingan toʻqimalar koʻchirib oʻtkaziladi; bemor toʻqimalariga, organizmiga yot, biroq unga beziyon materiallar (metall, plastmassa, sintetik tola va boshqalar)dan yasalgan turli narsalar singdiriladi (implantatsiya). Plastik xirurgiya yordamida bemor yuzidan tugʻma va orttirilgan nuqsonlar (lab tirtikligi, burun yoʻqdigi, tortib turadigan chandiqlar) bartaraf etiladi.

Terini koʻchirib oʻtkazish bilan amalga oshiriladigan Plastik xirurgiyak kuyganda, kosme-tik maqsadlarda yuzdagi ajinlar, teri burmalari, oʻsmalar va boshqalarni yoʻqotishda keng qoʻllanadi. Suyak Plastik xirurgiyasi suyaklarning turli deformatsiyalarida, soxta boʻgʻimda, umurtqa pogʻonasi kasalliklarida oʻtkaziladi. Bemorning oʻz toʻqimasidan foydalanilsa, koʻchirib oʻtkazish ayniqsa muvaffaqiyatli chiqadi. Koʻchirib oʻtkazishda bemorning asli suyagi maʼlum vaqtdan soʻng soʻrilib ketadi, biroq yangi suyak toʻqimasining oʻsib chiqishiga asos boʻladi.

Organizmga yot materiallarni singdirish operatsiyalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Bularga oddiy operatsiyalar (burun shaklini terisi ostiga parafin yuborib tuzatish) dan tortib murakkab zamonaviy operatsiyalargacha (qon tomirni sintetik toʻqimadan yasalgan protez bilan, yirik tomirni unga singdirilgan metall konstruksiya bilan almashtirish, yurak klapanlarini protezlash) kiradi.

Plastik xirurgiyaning eng murakkab sohasi — boshqa odamdan material olib oʻtkazishdir. Transplantat oʻz biologik xossalariga koʻra koʻpincha bemor toʻqimalari bilan moye kelmay qoladi, bunda maxsus davo usuli bilan uni singdiriladi (qarang Transplantatsiya)[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil