Kontent qismiga oʻtish

Naima Poʻlatova

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Po`latova Naima Qudratovnadan yoʻnaltirildi)

Naima Qudratovna Poʻlatova - aktrisa, xonanda (soprano) (1939-yil 4-iyun kuni Toshkent shahrida tugʻilgan). Oʻzbekiston xalq artisti (1997). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1963). 1958-yildan Muqimiy teatrida ishlaydi. Poʻlatova, asosan, lirik qahramonlar ijrochisi boʻlib, sevgi sanamlarining iztiroblari, ularning ichki kechinmalarini ham dramatik, ham musiqiy talqinda tomoshabinga mohirona yetkazish, onalarga xos mushfiqu-mehribonlik, bardoshlik, uning psixologik va dramatik holatini ifodalashda oʻziga xos ijrosi bilan ajralib turadi. Nurxon („Nurxon“), Alima („Momo yer“), Zulxumor („Ravshan va Zulxumor“), Oyparcha („No-dira“), Shirin („Farhod va Shirin“), Xolisxon („Paranji sirlari“), Gulruh („Navoiy Astrobod-da“), Obida („Mavlono Muqimiy“), Hayotxon („Fargʻona tong otguncha“), Amal („Guli siyoh“), Jamila („Devona“), ona („Mangu mashʼal“, „Toʻydan keyin tomosha“) kabi rollari bilan ta-nilgan. Xonanda sifatida „Munojot“, „Aylanay“, „Aqli raso boʻlsin“, „Fi-gʻonkim“, „Sevgi nidosi“, „Qarshi gullari“, „Otmagay tong“, „Abdurahmonbegi“ va boshqa mumtoz va zamonaviy qoʻshiklarni ijro etgan. Filmlar („Kelinlar qoʻzgʻoloni“, „Oʻzganing baxti“, „Toʻylar muborak“, „Karaxtlik“, „Mehrobdan chayon“ kabi)da ham suratga tushgan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil